Kapitalbank O'zbekiston HR hamjamiyatining yig'ilish joyiga aylanadi

10 may kuni Kapitalbank Akademiyasida Kapitalbankga tashriflar doirasida O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari kadrlar bo‘limining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ucell, Asaka bank va Ipak Yo‘li bank vakillari Kapitalbank mehmoni bo'ldilar.

Bunday tashriflarni tashkil etishdan asosiy maqsad HR mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashishdan iborat. Bunda, yig‘ilish ishtirokchilari o'zlarining 2023 yil davomidagi faoliyat natijalari bilan o‘rtoqlashdilar va 2024 yilga mo‘ljallangan HR funksiyalarini rivojlantirish rejalarini belgilab oldilar, shuningdek, HR sohasining o‘sish va rivojlanishining asosiy nuqtalari aniq aks ettirilgan loyihalar taqdimotlarini taqdim etdilar.

— Turli tashkilotlarning HR guruhlari o‘rtasida to‘plangan bilim va amaliyotlarni almashish hamkorlik va o‘sish madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi. Aynan mana shunday referens- tashriflar tufayli biz o‘z tajribamizni boyitib, HR amaliyoti standartlarini oshirmoqdamiz, — deydi ATB Kapitalbank Boshqaruv a’zosi, kadrlar siyosati departamenti direktori Oksana Lindina. — O‘zbekistonda kuchli HR hamjamiyatini yaratish shunchaki maqsad emas, bu iste’dodlarni tarbiyalash, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va HR tizimimizning kelajagini birgalikda shakllantirish majburiyatidir.

Kapitalbank bunday referens-tashriflarini muntazam ravishda o'tkazishni rejalashtirib O'zbekiston kompaniyalarini faol ishtirok etishga taklif qilmoqda.

Bo‘lajak tadbirlar, joriy bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, karyera qurish uchun foydali kontent haqida batafsil ma’lumotlarni “Kapitalbank” ATBda karyera” Telegram-kanalida yoki  referencevisit@kapitalbank.uz manziliga yozish orqali bilib olishingiz mumkin.

Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi



Orphus tizimi