JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 72 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

Kapitalbank referens-tashriflar seriyasini davom ettirmoqda

14.02.2025

Kapitalbank bank sohasi va korporativ boshqaruv bo‘yicha yetakchi ekspertlar bilan uchrashuvlar – referens-tashriflar o‘tkazish amaliyotini davom ettirmoqda.

2025-yilning birinchi referens-tashrifi 13-fevral kuni Kapital Akademiyasi hududida bo‘lib o‘tdi va u axborot texnologiyalari auditi va axborot xavfsizligining eng yaxshi amaliyotlariga bag‘ishlandi.

— Biz tezkor o‘zgarishlar davrida yashayapmiz: texnologiyalar rivojlanmoqda, mijozlarning talab va ehtiyojlari ortib bormoqda. Shunday sharoitda ochiq muloqot va professional muhokamalar shunchaki zarurat emas, balki muvaffaqiyat kalitidir, — deydi Kapitalbank Ichki audit departamenti direktori Maksim Markov. — 20 yildan ortiq faoliyati davomida Kapitalbank ko‘plab kuchli mutaxassislarni yetishtirdi. Biz tajriba almashish va professional hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash nafaqat alohida kompaniyalar, balki butun moliya va bank sektori muvaffaqiyatining asosiy omili ekanligiga ishonamiz.

Yangi yilning birinchi referens-tashrifi spikeri Kapitalbank Ichki audit departamenti Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi auditi boshqarmasi boshlig‘i Sergey Akmurzaev bo‘ldi. Tadbir doirasida ishtirokchilar axborot texnologiyalari auditi, axborot xavfsizligi auditi va audit jarayonlarini avtomatlashtirish masalalarini muhokama qildilar. Tadbir mehmonlari va panel muhokamasi ishtirokchilari Uzum Technologies, ANORBANK, Tenge Bank, Poytaxt Bank, BRB, Turonbank, Uzum Bank va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ichki audit, komplayens-nazorat, IT-audit bo‘limlari direktor va rahbarlari hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislari bo‘ldi.

2024-yilda referens-tashriflar loyihasi o‘z samaradorligini allaqachon isbotladi: Kapitalbank HR va audit sohasidagi mutaxassislar uchun olti uchrashuv tashkil etib, ishtirokchilarga qimmatli bilimlar olish va professional aloqalarni mustahkamlash imkoniyatini yaratdi.

Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun Kapital Academy telegram-kanaliga obuna bo‘ling va o‘sib borayotgan ekspertlar hamjamiyatining bir qismiga aylaning! https://t.me/KapitalAcademy



Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi

13.03.2025

Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi

Kapitalbank 2024-yil uchun moliyaviy hisobotni e'lon qildi.

12.03.2025

Kapitalbank 2024-yil uchun moliyaviy hisobotni e'lon qildi.

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi



Orphus tizimi