JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank ikkinchi bor xalqaro Top Employer sertifikatsiyasini muvaffaqiyatli o‘tib, HR jarayonlari, korporativ madaniyatva xodimlarni rivojlantirishdagi yuqori darajasini tasdiqladi.

Sertifikatsiya xalqaro Top Employers Institute tomonidan berilib, u BDO auditorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda Kapitalbankning kadrlar bilan ishlash jarayonlari va xodimlarni boshqarish amaliyotlarini eng yaxshi xalqaro standartlarga muvofiqligini har tomonlama baholadi. Audit natijalariga ko‘ra, Kapitalbank O‘zbekistonda ushbu sertifikatsiyaga ega bo‘lgan birinchi va yagona bank bo‘lib, Top Employer Uzbekistan maqomini yana bir bor tasdiqladi.

— Xalqaro e’tirof — bu nafaqat HR departamenti va Kapital Academy jamoalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar uchun berilgan yuqori baho, balki yanada rivojlanish uchun kuchli turtkihamdir, — deydi Kuzatuv kengashi Raisining maslahatchisi Oksana Lyndina. — Bank inson kapitali — barqaror o‘sish va raqobatbardosh ustunlikning asosi ekanini anglab, xodimlarni rivojlantirishga tizimli ravishda investitsiya kiritmoqda.

2025-yilning birinchi yarmidayoq xodimlar uchun o‘qish va rivojlanish mobililovasi “Kapital People” ishga tushirildi, startaplar akseleratori tashkil etildi, “Kapitalbank.Woman” ayollar liderligi dasturi va xodimlar tashabbusi bilan ijtimoiy mas’uliyat loyihasi “Ulkan qalblar” amalga oshirildi, Team University talabalariga mo‘ljallangan grant dasturi va boshqa ko‘plabtashabbuslar hayotga tatbiq etildi.

Top Employer Uzbekistan maqomini qo‘lga kiritish jamoani ruhlantiradi, tanlangan yo'nalishdagi to‘g‘riligini tasdiqlaydi hamda Kapitalbank xodimlari orasida va tashqi hamkorlar tomonidan ishonchni yanada mustahkamlaydi.

Bugun Kapitalbank — bu oddiy moliyaviy muassasa emas, balki o‘zaro qo‘llab-quvvatlovchi, hamkorlikda rivojlanishga intilayotgan 3500 dan ortiq xodimni birlashtirgan jamoadir. Bankning korporativ madaniyati doimiy o‘qitish, murabbiylik va faol ishtirok orqali xodimlar salohiyatini rivojlantirishga asoslangan.

Bank innovatsion loyihalarni joriy etishda, ta’lim dasturlarini kengaytirishda va universitetlar bilan faol hamkorlikda davom etmoqda. Bu esa yosh mutaxassislar uchun rivojlanish imkoniyatlarini yaratadi va xodimlarning kasbiy salohiyatini oshiradi.


Instagram:    @kapitalbank.uz
Facebook:     fb.com/akbkapitalbankuz
Telegram:      t.me/kapital24     
Telegram:      t.me/kapitalbank_career


Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
 Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

01.07.2025

Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda



Orphus tizimi