JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

“Kapitalbank” Toshkentdagi PLAS-forumining strategik hamkoriga aylandi

Toshkentda 21-22 noyabr kunlari Markaziy Osiyo va jahon bozorlarida chakana savdo sanoati, elektron tijorat va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan PLUS-Forum Retail Central Asia bo‘lib o‘tadi. Fintex va elektron tijorat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini muhokama qilish uchun yetakchi platformalardan biriga aylangan tadbirda Kapitalbank strategik hamkor sifatida ishtirok etadi. 

– Tadbirkorlar, shu jumladan, marketpleyslar sotuvchilari va riteylerlar uchun bank xizmatlarini rivojlantirish ishimizning muhim qismidir, – dedi “Kapitalbank” boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. -Shuning uchun biz nafaqat tajriba almashish uchun bozorning yetakchi ishtirokchilarini birlashtirgan platformani qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, balki forum doirasida o‘zimiz  hamkorlarimiz va mijozlarimiz uchun manfaatli bo‘lgan loyihalarni taqdim etamiz. 

Forum ishtirokchilarida chakana savdo sohasida yetakchi xalqaro ekspertlar bilan muloqot qilish imkoniyati bo‘ladi. Muvaffaqiyatli loyihalar va mutaxassislar amaliyotidan aniq misollar ko‘rib chiqiladi, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan muammolarni hal etish yo‘llari taklif etiladi. Ishchi dastur doirasida Kapitalbank ekspertlari Uzum Business platformasini rivojlantirish imkoniyatlari va rejalari haqida gapirib berishadi.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi