“Kapitalbank” UZCARD maʼlumotlariga koʻra eng texnologik va Agile bank deb belgilandi.

UZCARD FORUM doirasida milliy to‘lov tizimi mamlakatimiz moliya sektori rivojiga eng katta hissa qo‘shayotgan kompaniyalarni belgiladi. UZCARD ekspertlari “Kapitalbank”ni “Eng texnologik va Agile bank” sifatida belgiladi.

kapital

- Biz bankning raqamli xizmatlarini rivojlantirishga faol investitsiya kiritmoqdamiz va bu ishni yuqori baholagan hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz”, — deydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Shunday qilib, yaqinda biz yuridik shaxslar uchun yangi masofaviy xizmat ko‘rsatish “Uzum Business” servisini ishga tushirdik va butun O‘zbekiston bo‘ylab mijozlarimiz uchun eng xavfsiz, tezkor va ishonchli yechimlarni joriy etgan holda, butun mamlakat bo‘ylab bankomatlar parkimizni faol ravishda yangilamoqdamiz. Bugungi kunda esa 1,5 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari “Kapitalbank” xizmatlaridan foydalanmoqda.

Shuningdek, forum davomida mamlakatimizning yetakchi banklari va fintech- kompaniyalari ekspertlari bank sektorini rivojlantirishning asosiy tendentsiyalari, banklarni raqamlashtirish, axborot xavfsizligi masalalari va boshqa ko‘plab masalalarni muhokama qilishdi.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi