JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

“Kapitalbank” Uzum xoldingi tarkibiga kiradi

Mamlakatimizning eng yirik xususiy banki, davlatimiz aholisi uchun raqamli xizmatlar ekotizimini rivojlantirayotgan Uzum xoldingi bilan birlashtiriladi. Bu haqida bugun Toshkentda bitim imzolandi. Xolding tarkibida bank O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini raqamlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni faol rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Aksiyadorlar tarkibidagi ushbu o'zgarishlardan so'ng bankning Uzum guruhining turli xizmatlari bilan hamkorligi boshlanadi, bu esa "Kapitalbank" ATBni raqamlashtirish va yangi mijozlarni jalb qilish uchun katta salohiyatni, boshqa tomondan esa bank mijozlariga Uzum mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilish uchun ulkan imkoniyatlarni ko'rsatdi.

Yagona b2b va b2c platformasini yanada rivojlantirish uchun “Uzum” kompaniyalari guruhi tomonidan “Kapitalbank” ATB, “Uzum Market” marketpleysi, “Uzum Bank” raqamli banki va “Uzum Nasiya” muddatli toʻlov xizmatini oʻz ichiga olgan xoldingi tashkil etilmoqda. Aktivlarni yagona boshqaruvi xizmatlar sinergiyasi yaratadigan barcha imtiyozlarni tezda amalga oshirish va Uzum ekotizim xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun eng yaxshi mijozlar tajribasini tashkil qilish imkonini beradi ( hozirgi kunda har oy mamlakatda 5 milliondan ortiq kishi kompaniya xizmatlaridan foydalanadi).

Avvalroq, 2022-yilda rossiyalik tadbirkorlar Irina Lupicheva va Boris Dobrodeev bank aksiyadorlari qatoridan chiqib ketdi, Uzum guruhidagi kompaniyalardan biri esa bank aksiyalarini sotib olgan edi.

“Uzum ekotizimi bilan birlashish bankka davlatimizda bank xizmatini raqamlashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonliklarning hayot sifatini yaxshilash uchun yagona raqamli infratuzilmani yaratishda faol ishtirok etish imkonini beradi”, — dedi Maqsud Abdusamadov, bank Kuzatuv kengashi raisi.

Kompaniya haqida

“Uzum” kompaniyalar guruhi 2022 yilda tashkil etilgan. Uzum kundalik muammolarni hal qilish va biznesni rivojlantirish uchun raqamli xizmatlarning noyob ekotizimini faol rivojlantirmoqda. Kompaniyalar guruhiga “Kapitalbank” ATB, “Uzum Nasiya” muddatli toʻlov xizmati, keng assortiment va mahsulotlarni tez yetkazib beradigan “Uzum Market” marketpleysi, shuningdek, “Uzum Bank” raqamli banki kiradi. O‘zbekistonda har oy 5 milliondan ortiq kishi kompaniya xizmatlaridan foydalanadi. Uzum guruhi aksiyadorlari o‘zbekistonlik tadbirkorlar – bank va xolding tarkibiga kiradigan barcha aktivlar egalaridir. Shuningdek, Uzum aksiyalarining katta ulushi guruh menejmenti va uning tarkibiga kiruvchi barcha kompaniyalarga biriktiriladi.
Kapitalbank "Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda "Kapitalbank ATB" O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi