Kapitalbank va Germaniyaning Helaba banki o'rtasida savdoni kreditlash bo'yicha kelishuv imzolandi Batafsil

Kapitalbank va Germaniyaning Helaba banki o'rtasida savdoni kreditlash bo'yicha kelishuv imzolandi

15.01.2025
O‘zbekistondagi eng yirik xususiy banklardan biri “Kapitalbank”, Germaniyaning Helaba (Landesbank Hessen-Thüringen) banki bilan 15 million yevrolik savdoni kreditlash bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv imzoladi. 
 
Kelishuv bitimi imzolanishi 14-15 yanvar kunlari Vena shahrida boʻlib oʻtayotgan Euromoney 2025 xalqaro iqtisodiy forumi doirasida boʻlib oʻtdi. Bu strategik sheriklik eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Kelishuv ikki davlatda xalqaro savdo loyihalarini amalga oshirish va biznesni rivojlantirish uchun kredit resurslarini taqdim etishni nazarda tutadi. 
 
– Bitimning imzolangani xalqaro moliya institutlarining bankimizga bo‘lgan ishonchi yuksak ekanligidan dalolat beradi, – deydi “Kapitalbank” Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov. — Ishonchimiz komilki, “Helaba” banki bilan hamkorligimiz mijozlarimizning tashqi iqtisodiy faoliyati uchun yangi marralarni ochib beradi va xalqaro savdoni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. 
 
Helaba bilan tuzilgan shartnoma Kapitalbankning jahon moliya bozoridagi barqaror mavqeini aks ettiradi. Banklar o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash xalqaro hamkorlik doirasida savdo aloqalarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. 
 
"Helaba" haqida 
 
Landesbank Hessen-Thüringen GZ (Helaba)— nemis universal banki boʻlib, Hessen, Turingiya, Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Brandenburg Federal Yerlarida mintaqaviy ixtisoslashgan bo'lib, jamoatchilik huquqi qonunchiligi asosida tashkil etilgan. 2023-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, "Helaba"ning jami konsolidatsiyalashgan aktivlari 202,1 milliard yevroni tashkil etdi.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
“Milliy banklararo protsessing markazi” AJning 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

13.01.2025

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJning 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

13.01.2025

Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling



Orphus tizimi