JET: Nega bir vaqtda bir nechta bankka kredit arizasi topshirish tavsiya etilmaydi? Batafsil

Kapitalbank va “Mening buxgalterim” servis kompaniyasi hamkorlik qilishga kelishib oldi

23.10.2024

Servisning bank bilan integratsiyalashuvi kichik biznes subyektlariga buxgalteriya hisobini samarali yuritish va biznes hamkorlar to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlarni olish imkoniyatini beradi.

Hamkorlikdan maqsad –  O‘zbekiston tadbirkorlari hayotini osonlashtirish, biznes jarayonlarini optimallashtirish va kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning shaffofligini oshirishdan iborat. Ushbu yechim tadbirkorlarga moliyaviy operatsiyalarni nazorat qilish va biznes munosabatlaridagi risklarni minimallashtirishga yordam beradi. “Mening hisobchim” xizmatlaridan Kapitalbankning barcha tadbirkor mijozlari foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Bank_uz 1920x1080_2 (1).png

— Bizning vazifamiz - nafaqat moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, balki biznesni rivojlantirish, xavflarni  minimallashtirish va jarayonlarni optimallashtirishga ko‘maklashishdir, – deya ta’kidlaydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Ushbu hamkorlik Kapitalbank bilan muvaffaqiyatli va xavfsiz biznes yuritish uchun barcha zarur vositalarni taqdim etgan holda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish ekotizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Bank_uz 1920x1080_3 (1).png

— Kompaniyamiz xizmatlarini Kapitalbank xizmatlari bilan integratsiya qilish to‘g‘risidagi qaror tadbirkorlarga asosiy e’tiborni kundalik ma’muriy vazifalarga emas, balki biznesni rivojlantirishga qaratish imkonini beradi, – dedi “Mening hisobchim” servis kompaniyasi asoschisi Hamro Abirov. — Yangi hamkorlik doirasida Kapitalbankning tadbirkor mijozlari xizmatlardan, jumladan biznes hamkorlarini tekshirish va buxgalteriya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil ma’lumotni 1278 koll-markazi raqami orqali olish mumkin. Shuningdek, business.kapitalbank.uz saytida yoki +998 (78) 148-11-22 raqami orqali.

"Mening hisobchim" kompaniyasi haqida:

2020-yilda tashkil etilgan kompaniyada bugungi kunda 60 dan ortiq mutaxassis mehnat qilmoqda. Buxgalteriya, soliq, kadrlar hisobini to‘liq yuritish, hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berishni ta’minlaydi.


Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

07.11.2024

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi



Orphus tizimi