Kapitalbank va Uznex kripto-birjasi O‘zbekistonda birinchi kriptovalyuta kartasini ishga tushirdi

18.08.2023

Kriptokarta bitkoin va boshqa kriptovalyutalarni avtomatik tarzda toʻlov valyutasiga aylantirish va butun dunyo boʻylab, oddiy Mastercard kabi tarzda, toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Kriptokartalarning Oʻzbekistonda paydo boʻlishi uch tomonlama hamkorlik tufayli mumkin boʻldi: Uznex kriptobirjasi kriptovalyutalar operatsiyalarini qayta ishlaydi (shu jumladan konvertatsiyani ham), “Kapitalbank” ATB kriptokartalarni chiqaradi va ular bo’yicha xizmat koʻrsatadi, Mastercard esa toʻlovlarni amalga oshirish uchun platformani taqdim etadi.

Kriptokarta butun dunyoda, klassik bank kartalari bilan bir qatorda, qabul qilinadi. To'lashda barchasi odatdagidek bo’ladi: mijoz kartani terminalga qo‘yadi, pin kodini teradi - xarid amalga oshiriladi. Ammo, shu bilan birga, mijozning bitkoin va boshqa kriptovalyutalar bilan birja hamyoni bank kartasi hisobiga "bog'langan" bo‘ladi. To'lov paytida kerakli summadagi kriptovalyuta to'lov valyutasiga konvertatsiya qilinadi, jarayon karta egasi tomonidan qo'shimcha harakatlarni talab qilmaydi, to'lov bir zumda amalga oshiriladi.

–“Kapitalbank” ATB doimo ilg‘or bank yechimlari va mahsulotlari bilan ajralib turadi. Ammo bir yil avval kripto-kartalarni chiqarish g'oyasi birinchi marta tilga olinganda, bu barchani hayratda qoldirdi. Bir necha oy oldin esa test sinovlari boshlandi. Bank va birja oʻrtasidagi tez va xaridorlarga sezilmaydigan konvertatsiya bosqichlari tufayli, karta egalari kriptovalyutalardan foydalanib xaridlarni va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshira boshladilar”, - deydi “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.

15-avgust kuni kriptokartalar live-rejimda chiqarildi va endi test cheklovlarisiz ishlayapti. Testning barcha bosqichlari allaqachon yakunlandi va kriptobirja bilan bank keyingi bosqichni - kripto kartalarni chiqarish uchun arizalarni qabul qilishni boshlaydi.

— Biz O‘zbekistonda birinchi kriptokartani ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu mamlakat fuqarolari uchun moliyaviy operatsiyalarning yanada ko‘proq erkinligi, qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir. Ilgari bitkoinlarni real dunyoga chiqarib olish uchun ularni ixtisoslashtirilgan birjalarda dollarga aylantirish, keyin esa bank kartasiga qo‘yish kerak edi. Ammo endi uzoq va noqulay chiqarib olish jarayoni o'tmishda qoldi. Kriptovalyuta kartalari mavzusi endi juda dolzarb. Mastercard ular bilan ishlash uchun mintaqada bir nechta pilot loyihalarni amalga oshirmoqda. Ammo O‘zbekistonda ishga tushirilishi – bu Markaziy Osiyoda bunday kriptokartalarni mijozlar keng doirasi foydalanishi mumkin bo‘lgan ilk holatdir”, — dedi Mastercard’ning O‘zbekistondagi bosh menejeri Denis Filippov.

Kriptokarta loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan o‘rnatilgan maxsus tartibga solish rejimi ostida ishga tushirildi. Uznex kriptobirjasi va Kapitalbank kriptovalyuta kartalarini ommaviy ishga tushirish va distributsiyasini boshlaydi – yangi mijozlar birjaga onboarding uchun va kriptokartalarga buyurtma berish kelasi haftadan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun

“Kapitalbank” ATB - 1,5 milliondan ortiq jismoniy shaxs-mijozlar va 40 mingdan ortiq tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ega, aktivlari bo‘yicha mamlakatning eng yirik xususiy banki hisoblanadi. O‘zbekistonning barcha hududlarida bankning 100 dan ortiq filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bank Mastercard va Visa to'lov tizimlarining muayyan a'zosi hisoblanadi.

Mastercard (NYSE: MA)- toʻlovlar sohasida faoliyat yurituvchi global texnologiya kompaniyasidir. Bizning missiyamiz- xavfsiz, oddiy, texnologik va hamyonbop tranzaktsiyalarni ta'minlab, hamma uchun va barcha joyda afzalliklarni beradigan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va mustahkamlashdir. Xavfsiz ma'lumotlar va tarmoqlardan foydalanib, hamkorlikni o'rnatib va bizni ilhomlantiradigan narsalarga tayanib, biz odamlarga, moliya institutlariga, hukumatlarga va biznesga o'zlarining eng katta salohiyatini ro'yobga chiqarishga yordam beradigan innovatsiyalar va yechimlarni taqdim etamiz. Biz 210 dan ortiq iqtisodlarda biznes qilamiz va barcha uchun bebaho imkoniyatlarni taqdim etadigan barqaror dunyoni yaratamiz.

Kapitalbank “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Kapitalbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va  ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank “Ijobiy” prognozi bilan “UzA+” reytingini saqlab qoldi

16.02.2024

Kapitalbank “Ijobiy” prognozi bilan “UzA+” reytingini saqlab qoldi

Markaziy bankning ko'chmas mulk bozori tahlilida xatolik bo'lishi mumkinmi?
Markaziy bankning ko'chmas mulk bozori tahlilida xatolik bo'lishi mumkinmi?

Kapitalbank International Finance  ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi eng yaxshi chakana va innovatsion xususiy bank bo‘ldi
Kapitalbank International Finance ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi eng yaxshi chakana va innovatsion xususiy bank bo‘ldi



Orphus tizimi