Kapitalbankdan biznes uchun 3 oylik bepul xizmat va 7% gacha hisobdagi qoldiqqa.

01.11.2023
Kapitalbankdan biznes uchun 3 oylik bepul xizmat va 7% gacha hisobdagi qoldiqqa.

Kapitalbankdan kichik, o‘rta va yirik biznes uchun maxsus taklif: 3 oyga bepul kassa hisob-kitob xizmatlari va bank xizmat ko‘rsatishning butun muddatiga hisobvaraqdagi qoldiqqa 7% gacha to‘lovlar bilan omonat. Taklifdan foydalanish uchun istalgan bank bo‘limida hisob raqamini ochishingiz kerak.

“Kichik, o‘rta va yirik biznes uchun qulay bank xizmatlari, avvalambor, rivojlanish, vaqt tejash va resurslar imkoniyatidir, – deydi “Kapitalbank” boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Biz barcha mijozlarimiz uchun: ular kichik biznes, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yirik kompaniyalar bo‘lishidan qat’iy nazar, qulay xizmatlarni yaratishga intilamiz.

Taklif cheksiz miqdordagi hisoblarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, boshqa banklarga barcha debet operatsiyalari taklif qilingan muddat uchun 0,1% komissiya bilan amalga oshiriladi, mablag'larni hisobvaraqdan kartaga  o'tkazish uchun komissiya 0,5% ni tashkil qiladi.

Taklif 31 dekabr 2023 yilgacha amal qiladi. Batafsil ma’lumot business.kapitalbank.uz sayti yoki +998(78)148-11-22 telefon raqami orqali.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi

25.02.2026

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi



Orphus tizimi