Mijozlarning bank kartasi yo‘qotilganda yoki bank kartasining amal kilish muddati tugayotganda yangisiga almashtirish yoxud yangi bank kartalarini ochish borasida tijorat banklari tomonidan ushbu masalalardagi murojaatlarni masofadan turib (onlayn) qabul qilish imkoniyati yaratilgan.
Bunda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar loyihasi doirasidagi bank kartalari bo‘yicha korxona yoki tashkilotlarning bosh hisobchisi yoki korxonaning ishonchli vakili tegishli ma’lumotlar bilan xizmat ko‘rsatuvchi bank filialiga murojaat qiladi.
Aholining shaxsiy bank kartalari bo‘yicha esa, mijoz axborot kommunikatsiya tizimlari orqali tegishli bankka murojaat etadi.
Tijorat banklari to‘lovlarni amalga oshirish uchun mijozning bank kartasini mobilь telefon raqamiga biriktiradi.
Kartani emissiya qilgan (chiqargan) bank mijozlarga etkazib berish uchun pochta yoki inkassatsiya xizmati yoxud boshqa imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.
Манба: www.cbu.uz
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
23.04.2026
Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik
Karantin davrida plastik kartaning muddati tugab qolsa, uni bankka bormasdan uzaytirish imkoniyati bormi?