Kartalar migratsiyasi davom etmoqda

25.07.2020
Butun respublika bo'ylab "Kapitalbank" ning 2019-yil aprel oyiga qadar chiqarilgan kartalarining migratsiyasi  davom etmoqda. Sizga shuni eslatib o'tamizki, kartalar migratsiyasi ularning "o'z" filialiga bog'lanib qolmay, ularga "Kapitalbank" ning istalgan filialida erkin xizmat ko'rsatilishi uchun zarur. Ba'zi kartalar migratsiya qilib bo'lindi, ba'zilari esa bugun migratsiya qilinadi. Soat 16:00 da nukus filiali kartalarining migratsiyasi amalga oshiriladi. Shuningdek, bir kun ichida Qo'qon, Namangan Farg'ona, Termiz, Buxoro va Toshkent filiallarida (bosh ofis va Yashnobod filiali) chiqarilgan kartalar migratsiya qilinadi. Migratsiya qilinuvchi kartalar egalari bugun karta operatsiyalari bilan bog'liq qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Biroq, ishlarning aksariyat qismi tunda bajariladi, shuning uchun ko'p hollarda kartalar migratsiyasi sezilarsiz tarzda amalga oshiriladi.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi