JET: Qaysi bankda ikkilamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

KDB Bank O’zbekiston AJ jismoniy shaxslar uchun Internet Banking iDBA

28.07.2021

KDB Bank O’zbekiston AJ jismoniy shaxslar uchun Internet Banking iDBA yangi masofaviy bank xizmatlarini ishga tushirdi.

 Yangi tizim imkoniyatlari:

- hisobvaraqlar va bank kartalaridagi mablag’larni boshqarish (bayonnoma, to’lov tarixi)

- So’m va chet el valyutasida o’tkazmalarni amalga oshirish (Bankdagi o’zining hisobvaraqlari orasida) 

- Rekvizitlar bo’yicha So’mda o’tkazmalarni amalga oshirish (boshqa Bankdagi hisobvaraqlarga) 

- Konversiya amaliyotlarini amalga oshirish (So’mni chet el valyutasiga, chet el valyutasini So’mga)

- Qo’shimcha hisobvaraqlarni ochish

- Bankka so’rov va arizalarni yuborish

- Byudjetga to’lovlarni amalga oshirish

- Jarimalarni to’lash (MUNIS orqali)

- Kreditlar to’g’risida ma’lumot olish (to’lash jadvali, to’lov tarixi).

 Chiquvchi o’tkazmalar, foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish uchun arizada ko’rsatilgan mijozning mobil telefoniga yuborilishi shart bo’lgan SMS-kod bilan tasdiqlanadi. 

 Internet Banking iDBA ga ulanish va foydalanish bepul.

 Ulanish uchun:

1) Bankning veb sahifasiga joylashtirilgan Ommaviy oferta shartlari bilan tanishish;

2) Bankning qulay bo’lgan filialiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan borish;

3) Foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish uchun arizani to’ldirish;

4) Bank xodimidan login va vaqtinchalik parolni Ariza nusxasi bilan birga olish;

 

 

Internet Banking iDBA ga bosh sahifadagi quyidagi havola ib.kdb.uz orqali kirishingiz mumkin.

KDB Bank Uzbekiston "KDB Bank O’zbekiston" AJ - O'zbekistondagi eng yirik xalqaro bankdir. Bankning asosiy aksioneri bank ustav kapitalidagi ulushi 86,32% bo'lgan, hamda yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan eng yuqori kredit reytingi berilgan (Standard and Poor's - AA / Moody's - Aa2 / Fitch - AA-) Koreya Respublikasining "KDB Bank" (Koreya Taraqqiyot Banki) dir.
O'xshash yangiliklar
Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi

13.10.2025

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi

 EMBRAS 2025 Mukofoti G'oliblari

13.10.2025

EMBRAS 2025 Mukofoti G'oliblari



Orphus tizimi