Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Kechayu kunduz - mijozlar xizmatidamiz!

15.10.2018

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank”ning 24/7 rejimida, kechayu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shahobchalari tarmog‘i tobora kengayib bormoqda.

Kuni kecha poytaxtning Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida, Andijon shahrida navbatdagi shahobchalar foydalanishga topshirildi. Aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida tashkil qilinayotgan mazkur shahobchalar zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangan.

IMG_3057.JPG

Bankomatlar orqali fuqarolar kunning istalgan vaqtida so‘m plastik kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishi mumkin.

DSC_4265.JPG

Infokiosklar orqali to‘lovlarni plastik kartochkalardan va naqd pulda qabul qilish, plastik kartochka hisobvarag‘i harakati to‘g‘risida ma’lumot olish, “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulanish imkoniyati mavjud. Shuningdek, infokiosklar yordamida “Qishloq qurilish bank”dan olingan kreditlarning asosiy va foiz qismini qaytarish, turli kommunal to‘lovlar, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

E’tiborga molik jihati, Toshkent shahrining Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan 24/7 o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shahobchalariga klaviaturali infokiosk qurilmalario‘rnatilgan. Bu qurilma yordamida “Qishloq qurilish bank” mijozi bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar bank filialiga bormasdan turib, shahobchaning o‘zida – klaviaturali infokiosk orqali “Internet banking” xizmatidan foydalanib, naqd pulsiz to‘lov amaliyotlarini bajarmoqdalar.

IMG_3537.JPG

IMG_3652.JPG

Shahobchalarga o‘rnatilgan infomonitorlar   foydalanuvchilarga bank xizmatlari haqidagi eng so‘nggi yangiliklar, xizmat ko‘rsatish tariflari va videomateriallar bilan tanishish imkonini beradi.  

O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi shahobchalar aholi gavjum xududlarda tashkil qilinmoqda. Xususan, poytaxtdagi bunday shahobchalar hozirda “Mirobod dehqon bozori”, “Askiya dehqon bozori”, “O‘rikzor savdo kompleksi”ga yaqin hududlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Shahobchalarda nogiron fuqarolar foydalanishi uchun ham sharoitlar yaratilgan.

“Qishloq qurilish bank” kelgusida 24/7 rejimida, kechayu kunduz, xodimsiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shahobchalarini respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, bank tomonidan shahobchalarda avtomatlashtirilgan, valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomatlar ishga tushirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Zamonaviy va qulay bank xizmatlaridan foydalaning!
Ma’lumot uchun:
Telefon: 71 150-93-39
Telegram: https://t.me/QQBANK
Facebook: FB.com/official.qqb.uz

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi