JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli valyuta omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Kelajakka g'amxo'rlik bilan: Octobank ESG-loyihalari bilan Toshkent mahallalarida

07.04.2025

Toshkent shahri, Bektemir tumani, Nurliyo'l mahallasida Octobank tomonidan amalga oshirilgan muhim tashabbus, kam ta'minlangan oilalarning turmush darajasini yaxshilash va ularga yordam berishga qaratilgan samarali qadamdir. Loyihalar doirasida Octobankning Amaliyot Boshqarmasi Boshlig'i Hazratqulov Rasuljon ва bank xodimi, mahalla bankiri Ahmedov Abdug'ulom boshchiligida bir guruh tashabbuskorlar 10 ta xonadonga 100 dan ortiq mevali ko'chatlar ekishdi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi mahalla aholisiga yordam berish, ekologik masalalarni hal qilish va jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatishdir.

Hazratqulov Rasuljon o'z fikrlarini bildirgan holda shunday dedi:
"Ushbu loyiha mahalla ahliga nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham foyda keltiradi. Kam ta'minlangan oilalarning hovlilariga mevali daraxtlar ekilsa, ular nafaqat ovqat iste'molini yaxshilash, balki, daraxtlardan olingan mevadang qo'shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu tashabbusning ekologik ta'siri esa jamiyatga, iqtisodiyotga va atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko'rsatadi."

1600 х 900 — bank uz_Octobank_2.jpg

ESG tamoyillariga asoslangan daraxtlar ekish tashabbusi — ekologik, ijtimoiy va boshqaruv jihatlarini mukammal integratsiya qilishga qaratilgan loyiha. Octobank ushbu tashabbus orqali ekologik muammolarni hal qilish va jamiyatning turmush darajasini oshirishga yo'naltirilgan. ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillari asosida, daraxtlar ekish orqali ekologik sohada toza havo, uglerodni qisqartirish va yashil hududlarni ko'paytirishga erishilmoqda.

1600 х 900 — bank uz_Octobank_3.jpg

"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturiga ham alohida e'tibor qaratildi.
Octobank tomonidan amalga oshirilgan yana bir muhim tadbir Shayxontoxur tumanidagi Eski Jarariq mahallasida 5 ta kam ta'minlangan xonadon hovlilariga 50 dan ortiq mevali daraxtlar ekish amalga oshirildi. Ushbu loyiha Octobankning ijtimoiy mas'uliyatli ish faoliyatining bir qismi sifatida, kam ta'minlangan oilalarga qo'shimcha yordam ko'rsatish va ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan. Hazratqulov Rasuljon mahalla aholisi ko'zlaridagi quvonchni ko'rib, “Xalqimizning dasturxoni to'kin, moliyaviy holatlari barqaror bo'lishiga oz bo'lsa-da, o'z hissamizni qo'sha olgan bo'lsak, qaysidir ma'noda maqsadga erishgan bo'lamiz” deydi o'z so'zida.

1600 х 900 — bank uz_Octobank_4.jpg

Barqaror rivojlanish, ekologik toza muhit va ijtimoiy mas'uliyatni amalga oshirish orqali Octobank o'zining bank xizmatlaridan foydalanuvchi har bir shaxsning hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishga o'z hissasini qo'shishda davom etadi.

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi.

10.04.2025

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi.

Octobank brendining qiymati 30 million AQSh dollarini tashkil qildi

02.04.2025

Octobank brendining qiymati 30 million AQSh dollarini tashkil qildi

Octobank «Barqaror» prognoz bilan Moody’s xalqaro kredit reytingiga sazovor bo‘ldi

01.04.2025

Octobank «Barqaror» prognoz bilan Moody’s xalqaro kredit reytingiga sazovor bo‘ldi



Orphus tizimi