O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Kichik tadbirkorlik sub'ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”iga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 30.04.2014 yil 2546-1-son bilan ro‘yxatga olingan Markaziy bank Boshqaru

16.05.2014

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Kichik tadbirkorlik sub'ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”iga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 30.04.2014 yil 2546-1-son bilan ro‘yxatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, Nizomning 11-bandi 4-xatboshisida, qarz oluvchi kredit olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga taqdim etadigan hujjatlar ro‘yxatidan “debitorlik hamda kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-son shakl)” chiqarib tashlandi.

         Nizomning 22-bandi quyidagicha o‘zgartirildi: 

“22. Kredit hisobiga sotib olingan mulk ushbu kredit bo‘yicha o‘z qiymatining 80 foizi miqdorida garov narsasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Banklar qarz oluvchilar tomonidan kredit qaytarilishining ta'minoti sifatida taqdim qilingan mol-mulkni uning xususiyatidan kelib chiqqan holda kreditning qaytarilgan qismiga nisbatan garovdan chiqarish huquqiga ega.”

Ushbu Nizomning 29-bandi quyidagicha o‘zgartirildi:

“29. Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvarag ‘i ochish va uning to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.”

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi