JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Konversion kartalar bo‘yicha yana bir qulaylik

22.11.2017


Aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish bank” mijozlarga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlarni joriy qilishga intilmoqda. Bank tomonidan xalqaro to‘lov kartalaridan foydalanuvchi mijozlar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Endilikda konversion kartalar bilan internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, bank filiallarida chet el valyutasini so‘m plastik kartalaridagi mablag‘lar orqali sotib olish imkoniyati ham yaratilgan. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bankning 39 ta filialida konversion operatsiyalar bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jismoniy shaxslar xorijiy valyutani xarid qilishmoqchi bo‘lishsa, VISA xalqaro plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Shuningdek, bankda konversion kartalararo pul o‘tkazmalari xizmati joriy etilgan. Konversion karta egalari o‘z hisobidan xorijiy valyutani qabul qiluvchi chet elda bo‘lgan taqdirda ham kartadan kartaga o‘tkazishlari mumkin. Faqat bu xizmatning bitta talabi bor. U ham bo‘lsa mablag‘ o‘tkazuvchi ham, qabul qiluvchi ham “Qishloq qurilish bank” konversion kartasi egalari bo‘lishi lozim.

Fuqarolar “Qishloq qurilish bank” konversion kartalaridan xorijda hech qanday cheklovlarsiz, shu jumladan, bank hisobvaraqlari orqali xorijda o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlardagi to‘lovlar uchun foydalanishi mumkin.

“Qishloq qurilish bank” konversion kartalaridan foydalaning!

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun: +0 (371) 150-93-39, www.qqb.uz

Bank axborot xizmati


BRB
O'xshash yangiliklar
Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

26.12.2025

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

25.12.2025

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq

25.12.2025

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq



Orphus tizimi