Mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank” xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga intilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, tadbirkorlik sub’ektlarining yangi turdagi mahsulotlarni yaratish, ichki iste’mol bozorini to‘ldirish, mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlariniyaratishga qaratilgan faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Mazkur maqsadlar yo‘lida “Qishloq qurilish bank” 2018 yilning 31 mayida Koreya Respublikasining yirik banklaridan biri bo‘lgan Kookmin Bank bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatdi. Vakillik munosabatlari sohasida tajribali bo‘lgan bunday bank bilan ishlash bankimiz faoliyatini kengaytirish hamda mijozlarimiz uchun o‘z bizneslarini yanada rivojlantirish imkonini beradi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, hozirda ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan Germaniyaning Commerzbank AG, Rossiya Federatsiyasining “Sberbank”, ATB “Aziya-Invest Bank”, ATB “Promsvyazbank”, ZAO AKB “Novikombank” kabi xorijiy banklar bilan vakillik hamda savdoni moliyalashtirish munosabatlari o‘rnatilgan.
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
Kookmin Bank (Koreya) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi