Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kredit risklari ta’sirini yumshatish

09.10.2020
«O`zagroexportbank» ATB koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli tadbirkorlik sub’ektlarida kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida: koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan va loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikayotgan korxonalar, shu jumladan, turizm va xalqaro yuk tashish sohalari, asosiy kontragentlari koronavirus infeksiyasi eng ko‘p tarqalgan davlatlarda joylashgan korxonalar hamda O‘zbekistonda koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi bevosita faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan korxonalarga ajratilgan kreditlarni qaytarish imkoniyatlarini to‘liq o‘rganadi;  o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, mijozlarning real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, kreditning asosiy qarzini qaytarish bo‘yicha 2020 yil 1 oktabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqilishga tayyorligini ma’lum qiladi. Bunda, imtiyozli muddat berilishi kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlarga tadbiq etilmaydi. Kredit bo’yicha hisoblangan foizlarni so’ndirilishi kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.  
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi