Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Koronavirus sababli kreditga imtiyozli davr berish bo‘yicha

30.03.2020

“Poytaxt bank” AJ kreditning asosiy qarzini qaytarish bo‘yicha imtiyozli davr berish yuzasidan kredit shartnomalarini individual tartibda ko‘rib chiqishini ma'lum qiladi

Xususan, koronavirus pandemiyasi sababli e'lon qilingan karantin oqibatida qarz oluvchi jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kredit mablag‘larining yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish to‘g‘risida qarz oluvchi tomonidan bankka asoslantirilgan holda ariza bilan murojaat qilinganda har bir qarz oluvchining masalasi individual yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi va hal etiladi. Kredit bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish yuzasidan imtiyozli davr qarzdor jismoniy va yuridik shaxslarning aprel' oyidan sentyabr' oyigacha to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Shu bilan birga, “Poytaxt bank” AJ koronavirus infeksiyasi tarqalishi natijasida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan korxonalar, shu jumladan xorijiy hamkorlar bilan ishlovchi, xalqaro turizm va yuk tashish sohalari bilan shug‘ullanuvchi, shuningdek faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilishi ehtimoli bo‘lgan mijozlarining murojaatlarini ham tartibli asosda ko‘rib chiqishni yo‘lga qo‘ydi.

Ushbu o‘rganishga muvofiq, mijozlarning real pul oqimlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kreditning asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lash qobiliyati sezilarli darajada kamaygan qarzdorlarning kredit majburiyati bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lovlarini qaytarish muddatiga nisbatan 2020 yilning 1 oktyabr kuniga qadar imtiyozli davr belgilanadi.

Shu bilan birga, karantin muddati yakunlangandan so‘ng 1 oylik muddat ichida (2020 yil 31 oktyabrga qadar) qarzorlardan qo‘shimcha hujjatlarni, ya'ni kredit muddatini uzaytirish bo‘yicha ta'sischilar umumiy yig‘ilishi qarori, garovga qo‘yuvchilarning kredit muddatini uzaytirishga rozilik xatlari asosida garov shartnomalarini kreditning yangi muddatiga mutanosib ravishda rasmiylashtirish, kafillik va sug‘urta polislarini bergan sub'ektlarning rozilik xatlari bilan kafillik shartnoma va sug‘urta polislarini yangi muddatga uzaytirish kabi hujjatlarni bankka taqdim etish yuklatiladi.

Ushbu talab qarzdor tomonidan o‘z vaqtida bankka taqdim etilmagan va mazkur shartlar bajarilmagan taqdirda, bankning restrukturizasiya qarori bir tomonlama bekor qilinib, kredit shartnomasining dastlabki shartlari o‘z kuchida qolishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.


Tayyorlangan arizalarni sifatli .pdf yoki .jpeg rasm formatida skaner qilib quyidagi elektron manzillardan biriga yohud bankning pochta manziliga yuborishingiz so‘raladi:


Bank pochta manzili: 100063, Toshkent shaxar, Chilonzor tumani, I.Karimov ko‘chasi, 55-uy,

Elektron pochta: operu1172@poytaxtbank.uz

Telegramm manzil: @poytaxt_bank_bot

Poytaxt bank «POYTAXT BANK» Aksiyadorlik Jamiyatining tashkil etilishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda Toshkent shahrida arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 13-martdagi PQ-2824-sonli qarori asos bo‘lgan. «POYTAXT BANK» o‘z ish faoliyatini bugungi kungacha bank asoschisi bo‘lib kelayotgan Toshkent shahar hokimining 2018-yil 13-oktyabrdagi 1481-sonli buyrug‘i bilan boshlagan.
Manba: Poytaxt bank
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi