Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xodimlar malakasi oshirildi

24.02.2021

Poytaxtimizdagi Bankirlar trening maktabida Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish shoʻbasi mudirlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur anjuman Xalq bankining hududiy filiallarida korporativ mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada yuksaltirish va bu boradagi tartib-qoidalar hamda yangiliklarni batafsil tushuntirish, shuningdek, olingan bilimlarni  amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishga bag‘ishlandi.

Seminar-treningda qatnashchilar “Bank korporativ mijozlariga xizmat ko‘rsatish etikasi kodeksi”, “Korporativ mijoz kim”, “Individual menejerlarning roli, vazifasi va ularga qo‘yilgan mezonlar”, “Korporativ mijozlarga valyuta operasiyalari bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish” va “Bankning korporativ mijozlariga xalqaro kredit liniyalari orqali va xorijiy valyutada kreditlar ajratilishi” singari mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir davomida “ZOOM” dasturi orqali xorijiy mustaqil ekspertchi Dmitriy Xarchenko ishtirokida “Jahon tajribasida korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish tendensiyalari va ko‘rsatiladigan xizmat turlari” mavzusida ijodiy muloqot ham o‘tkazildi. Muloqot asnosida  berilgan ma’lumotlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. 

Bank Axborot xizmati.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi