КРЕДИТ ТАЪТИЛИ

08.04.2020
Ҳурматли мижозлар! Коронавирус пандемияси туфайли, хамда ўз мижозларини қўллаб қувватлаш мақсадида “Turkiston” банк жисмоний шахсларга кредит таътилини тақдим қилиши хақида хабар беради. Кредит таътиллари қуйидаги шартларда берилади: 1. Кредит таътили, кредит қолдиги 100 000 000 сўмдан ошмаган жисмоний шахсларга берилади; 2. Кредит таътили 2020 йил апрель ва май ойларида амал қилади; 3. 2020 йил апрель ва май учун белгиланган барча тўловлар (асосий қарз ва фоизлар) автоматик тарзда кредит қайтариш жадвалининг энг сўнгига ўтказилади; 4. Кредит қайтариш жадвали 2 ойга узайтирилади; 5. 2020 йил апрель ва май ойларида кредитни вақтида тўламаганлик учун хеч қандай жарималар қўлланилмайди; 6. Кредит шартномаси шартлари ўзгартирилганлиги учун ҳеч қандай комиссия тўланмайди; 7. Мижознинг шахсий истагига қараб кредит муддатидан олдин тўланиши мумкин. Агарда саволларингиз бўлса туну-кун ишлайдиган +998 71 2000008 алоқа марказимизга қўнғироқ қилинг. Барча мурожаатлар кўриб чиқилади. Ўзингизни ва яқинларингизни асранг. Уйда қолинг.
Turkiston bank «TURKISTON» banki 1998 yildan buyon bank xizmatlari bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Tashkil etilgan vaqtdan buyon «TURKISTON» banki Oʼzbekiston bank tizimi rivojlanishi tarixi davrida erishilgan boy tajriba hamda jahon bank amaliyotida tan olingan, bank biznesini yuritishning eng zamonaviy usullari va texnologiyalaridan imkon qadar samarali foydalanishga imkon beruvchi oʼz taraqqiyot strategiyasiga qatʼiy amal qilmoqda. Bank rivojlanish kontseptsiyasi sifatida universal tijorat banki modelini tanlab oldiki, mazkur modelь «TURKISTON» bankining moliyaviy xizmatlarning toʼliq majmuini koʼrsatuvchi, mijozlarga xizmat koʼrsatish tarmogʼini kengaytirib boruvchi kredit muassasasi sifatida doimiy taraqqiy etishini nazarda tutadi.
O'xshash yangiliklar
Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

18.02.2026

Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi

17.02.2026

Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda

11.02.2026

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda



Orphus tizimi