Kredit so‘rab bank xodimi qosh-qovog‘iga qarab o‘tiradigan zamonlar o‘tdi. Ayniqsa, Xalq bankida! Endi adolatli qarorni kompyuterlar chiqaradi!
Chunki mijozga kredit ajratish mumkinmi, yo‘qmi, agar ajratilsa, miqdori qancha bo‘ladi, bu savollar javobini endi kompyuter dasturlari aniqlaydi va tahlil qiladi. Qanday qilib deysizmi?
Buning uchun ma’lumotlar “kredit konveyeri” dasturiga joylashtirilsa, kifoya. Mijozning pasport ma’lumotlari IIVdan, kredit tarixi va mavjud qarzdorligi Kredit byurosidan, oylik daromadlari to‘g‘risidagi real ma’lumot Pensiya tizimi bazasidan, STIR raqami Elektron soliq bazasidan olinadi. “Anderrayter” xulosasi va elektron imzosi ham ayni shu konveyerning o‘zida shakllanadi.
Darvoqe, “anderrayter” deganimiz — Bosh bankda kompyuter dasturlari xulosalari asosida yakuniy qaror chiqaruvchi mas’ul xodim. Baribir, inson omili hal qiluvchi ekan-ku, tizimda korrupsiya bo‘laveradi-da, desangiz, yanglishasiz.
Chunki anderrayterlar “QR code” orqali ishlaydi. Ularning shaxsi filial xodimi uchun noma’lum qoladi. Bu esa Bosh bank anderrayteri va filial xodimining o‘zaro kelishuviga hamda til biriktirishiga imkon bermaydi.
Konveyer tizimining boshqa afzalliklari ham bor. Misol uchun, mijozni ovora qilmasdan oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotni onlayn shakllantirish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, “skoring” tahlili natijasida soxta oylik ish haqlari orqali kredit ajratilishiga barham berildi.
Yana bir fakt: avvallari filial xodimi kuniga o‘rtacha 5 ta mijozga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 15-20 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, kredit konveyeri orqali kredit buyurtmasi bir bosqichda, bor-yo‘g‘i 2-3 daqiqada ko‘rib chiqilayotir. Avvalgidek, dasta-dasta hujjatlarni qo‘ltiqlab, haftalab, oylab sarson bo‘lishingizga hojat yo‘q.
Bank Axborot xizmati
11.02.2026
Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda
09.02.2026
Dam olish endi yanada foydaliroq!
11.02.2026
“Omadli karta” aksiyasi — oxirgi imkoniyat! 15-fevralgacha ulgurib qoling va Hamkorbank bilan iPhone 17 Pro yutib oling!
Kredit uchun hujjatlarni kompyuter to‘playdi