JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

Kreditga Chevrolet Trailblazer: "UzAuto Motors" va "Kapitalbank" qo'shma aksiyasini boshlashmoqda

12.05.2021
30-iyunga qadar "Kapitalbank"dan kredit evaziga Chevrolet Trailblazer mashinasini to'rt yillik muddatga sotib olish mumkin. Agar siz zamonaviy sozlamalarni, unumdorlikni, dizayn va xavfsizlikni birlashtirgan to'liq hajmli yo'ltanlamasni orzu qilayotgan bo'lsangiz, u holda Chevrolet Trailblazer avtomobilini imtiyozli shartlar asosida kreditga sotib olish imkoniyatini boy bermang. Joriy yilning 12-mayidan 30-iyunigacha "UzAuto Motors" AJ "Kapitalbank" ATB bilan birgalikda to'rt yilgacha avtokredit berish dasturi ishga tushirilishini e'lon qiladi. Aksiya doirasida avtokredit olish uchun bir nechta shartlar taklif etiladi: Birinchi badal - umumiy summaning 35 foizi; Foiz stavkasi - yillik 20,99%; Muddati - 48 oy. Birinchi badal - umumiy summaning 50 foizi; Foiz stavkasi - yillik 19,99%; Muddati - 36 oy. Diqqat! Avtomobillar soni cheklangan! Avtokreditlash shartlari to'g'risida qo'shimcha ma'lumotni aloqa-markazi operatorlaridan +998 (71) 200 15 15 telefon raqami orqali yoki kapitalbank.uz saytidan olishingiz mumkin.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

01.02.2026

So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

28.01.2026

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?



Orphus tizimi