JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq

25.12.2025
Agar siz bundan o‘n yil avval bor-yo‘g‘i 200 dollarga bitkoin sotib olganingizda nima bo‘lardi? Endilikda ushbu tikilgan summa minglab dollarga aylangan bo‘lardi!  Yaxshi yangilik shundaki, hozir ham ushbu bozorga kirish uchun kech emas. Qaysi kriptovalyutalar istiqbolli va ularga qanday qilib to‘g‘ri investitsiya qilish kerak — Alpari materialida tanishing.

Kriptovalyuta bozorining umumiy kapitallashuvi qariyb ~2.9 trillion dollarni tashkil etishiga va minglab altkoinlar mavjudligiga qaramay, bitkoin (joriy kapitallashuvi taxminan 1.75 trillion dollar) hamon diqqat markazida qolmoqda. Garchi u ketma-ket uchinchi oy pasayish sari bormoqda (bu 2022-yildan beri eng yomon ko‘rsatkich).

Hozirgi vaqtda uzoq muddatli xolderlarning (egalik qiluvchilarning) sotuvlari va MicroStrategy kompaniyasi tomonidan Bitcoin xaridlarining to‘xtatilgani haqidagi xabar BTC narxiga bosimni kuchaytirmoqda. Juma kuni (2025-yil 26-dekabr) 23 milliard dollarlik optsionlarning yirik ekspiratsiyasi (muddati tugashi) ham noaniqlikni keltirib chiqarmoqda.

Qisqa muddatli qiyinchiliklar fundamental omillardan chalg‘itishi mumkin: Tramp ma’muriyatining qo‘llab-quvvatlashi, jumladan, «Genius Act» va kriptovalyuta bo‘yicha ishchi guruhning tashkil etilishi o‘sish uchun asos bo‘lishi mumkin. Investorlar bitkoindan na spekulyativ aktiv sifatida, na fiat (an’anaviy) pullarga qarshi potensial xedj (himoya) sifatida voz kechishlari dargumon.

Yirik banklar mijozlar talabiga javob bergan holda ushbu sektordagi ishtirokini kengaytirishda davom etmoqda. Joriy korreksiya (narxning pasayishi) bitkoinning «buqa» rallisi (ko‘tarilish davri) yakunlanganini anglatishi qiyin — konsolidatsiya (narxning barqarorlashuvi) bosqichidan keyin yangi o‘sish kuzatilishi mumkin.

Bu holat bir necha bor sodir bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, 2010-yilda BTCni ramziy 25 dollarga sotib olish mumkin edi, ikki yildan so‘ng esa uning narxi 1000 dollarga yetdi. 2015-yil birinchi «kripto-qish» bo‘ldi: o‘shanda birjaning buzib kirilishi sababli kriptovalyuta narxi 200-300 dollargacha tushib ketgan edi. Ammo tez orada bozor tiklana boshladi. Bitkoin narxining cho‘qqisi shu yilning kuzida, uning narxi 126 ming dollardan oshganda kuzatildi.

Har bir yangi tsikl avval ham, hozir ham o‘xshash hissiyotlar bilan kechadi: yuqori nuqtada eyforiya (haddan tashqari quvonch) va korreksiya paytida vahima. O‘zgarmas narsa shundaki, pasayishdan keyin doim o‘sish keladi.

O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tizimli harakat qiladigan investorlar ko‘pincha turbulentlik (beqarorlik) davrlaridan kamroq yo‘qotishlar va kirish uchun yaxshiroq imkoniyatlar bilan chiqadilar. Shuning uchun ham, joriy tebranishlar fonida bitkoin hali ham istiqbolli, garchi volatil (narxi tez o‘zgaruvchan) aktiv sifatida ko‘rilmoqda.

Investorlar ma’lum bir tamoyillarga amal qilish orqali o‘z xavflarini kamaytirishlari mumkin.

Kriptovalyutalar – alohida «tovar». Ular an’anaviy aktivlardan farq qiladi: aksiyalar kompaniyalarga, obligatsiyalar qarzdorlik majburiyatlariga bog‘langan bo‘lsa, kriptovalyutalar hech qanday fundamental asosga ega bo‘lmasligi mumkin. Ularning narxi talab, taklif, yangiliklar foni va investorlarning kayfiyatiga qarab shakllanadi.

Ularni sotib olayotganda nimalarni yodda tutish kerak?

  • Yo‘qotishga tayyor bo‘lganingizdan ortiq mablag‘ tikmang. Kriptovalyutalar yuqori volatillik bilan ajralib turadi: narx bir necha soat ichida bir necha barobar o‘sishi yoki keskin tushib ketishi mumkin. Agar siz byudjetingizga zarar yetkazadigan darajada katta mablag‘ tiksangiz, nafaqat pulingizni, balki hissiy va moliyaviy barqarorligingizni ham xavf ostiga qo‘yasiz. Potensial foyda qanchalik yuqori bo‘lsa, xavf ham shunchalik yuqori ekanligini unutmang. Salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun xarid qilishdan oldin har tomonlama tahlil o‘tkazing.
  • Sarmoyalaringizni diversifikatsiya qiling – ya’ni ularni turli aktivlar bo‘yicha taqsimlang. Masalan, Alpari treyderlar uchun nafaqat kriptovalyuta, balki xomashyo, tovarlar, valyuta, indekslar va aksiyalarni ham taklif etadi.
  • Dollarning o‘rtacha qiymatini hisoblash strategiyasidan (DCA) foydalaning. Buning mohiyati shundaki, siz aktiv narxi qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, muntazam ravishda ma’lum bir summaga aktiv sotib olasiz. Kriptovalyutalar, jumladan bitkoin ham o‘zining yuqori volatilligi bilan mashhur. Ularni sotib olishda uzoq muddatli istiqbolni hisobga olish muhimdir.
  • CFD orqali savdo qilib ko‘ring. Bunda aktivning o‘zini sotib olmasdan, uning narxi o‘zgarishidan foyda ko‘rish mumkin. Masalan, haqiqiy bitkoinni sotib olib, uni biror joyda saqlash o‘rniga, broker bilan shartnoma tuzasiz. Keyinchalik narx siz kutgan tomonga yursa – foyda ko‘rasiz, aks holda – zarar ko‘rasiz.
  • Rejaga amal qiling.FOMO (imkoniyatni boy berish qo‘rquvi) ta’sirida narx eng yuqori nuqtaga chiqqanda aktivni sotib olmang va vahima paytida uni sotmang. Muvaffaqiyatli treyderlar intizomga rioya qiladilar va vaqtinchalik pasayishlarni xotirjam kutishga tayyor bo‘ladilar. Savdoda Stop-loss buyruqlaridan foydalaning. Stop-loss – aktiv narxi belgilangan darajaga tushsa, bitimni yopish haqida brokerga beriladigan buyruq. Bunday yondashuv treyderning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarini oldindan cheklashga yordam beradi.
  • Savdo uchun ishonchli brokerni tanlang. Kompaniyaning texnik muammolari yoki insofsiz harakatlari, hatto yaxshi strategiyangiz bo‘lsa ham, savdongizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Avval brokerni obro‘sini, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati ishini, yangi o‘rganuvchilar uchun o‘quv materiallari borligini, komissiya miqdorini va boshqa savdo shartlarini tekshirib ko‘ring.

Bitkoinning har bir yangi tsikli xavotir va shubhalar bilan birga keladi. Va bu odatiy hol. Tarixga nazar tashlasak, aynan shunday davrlarda vazmin qarorlarning ahamiyati ortadi. Investor uchun bozorga kirish vaqtini aniq topish emas, balki xavflarni nazorat qilish, hissiyotlarni o‘chirish va tanlangan rejaga amal qilish muhimroqdir.
O'xshash yangiliklar
So‘m yilni ijobiy natijalar bilan boshladi

09.01.2026

So‘m yilni ijobiy natijalar bilan boshladi

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

26.12.2025

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

25.12.2025

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi



Orphus tizimi