Likvidlilik riski darajasini kamayatirish bo'yicha qaror qabul qilindi

15.09.2020
15.09.2020     “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Likvidlikni boshqarish qoʼmitasi majlisining 11 sentyabrdagi 35-sonli Qaroriga asosan Bankda likvidlilik riski darajasini minimallashtirish, likvidlilikni saqlash va Markaziy bank tomonidan oʼrnatilgan prudentsial talablarni bajarish maqsadida 2020 yil sentyabr-dekabr oylarida bankda:      - mijozlar tomonidan kreditlarning qaytarilishi hisobiga boʼshagan resurslar hisobidan mijozlarning muddatli depozitlari va ularning hisobvaraqlaridagi mablagʼlar doirasida mijozlarning talablari boʼyicha majburiyatlarni bajarish;  - tijorat kreditlarini (Markazlashtirilgan resurslar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan kredit amaliyotlari hamda bank mijozlari hisoblangan tadbirkorlik subʼektlarining aylanma mablagʼlarga boʼlgan ehtiyojini qondirishga yoʼnaltirilgan qisqa muddatli kreditlar bundan mustasno) faqatgina qoʼshimcha jalb qilingan resurslar hisobidan (ajratiladigan kredit muddati jalb qilingan mablagʼlar muddatiga mutanosib ravishda) ajratish tizimi yoʼlga qoʼyildi.         Ushbu qaror talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash va Qarorning ijrosi boʼyicha kunlik monitoring oʼrnatish belgilandi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

18.02.2026

Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi

17.02.2026

Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda

11.02.2026

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda



Orphus tizimi