JET: Dollar kursini kimdir o'yin qilyaptimi yoki kurs "sakragani" normal holatmi? Batafsil

Lizing o‘zi nima?

12.01.2021

Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Bir tomondan bu oddiy ijara shakliga juda ham o‘xshash. Aslida esa ular o‘rtasidagi farq yetarlicha aniq.


Lizing – bu xizmatdir. Misol uchun, traktorni lizingga olmoqchi bo‘lgan fermer ushbu xizmat turini ko‘rsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, kompaniya o‘z mablag‘lari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan so‘ng esa traktorga egalik qilish huquqi bevosita mijozning nomiga o‘tadi.


Lizingda bitim predmetini mijoz tanlaydi. U sotuvchini tanlaydi. Xaridni esa lizing kompaniyasi amalga oshiradi va sotib olingan tovarni mijozga vaqtinchalik foydalanishi uchun kelishilgan muddatga beradi. Belgilangan summa to‘langandan keyin, ijaradagi mulk mijozning tasarrufiga o‘tadi.


Lizing kimlar uchun?

Maxsus uskunalar, transport vositalari, ko‘chmas mulk yoki biznes jihozlariga muhtoj yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar lizingdan foydalanadi. Agar Sizga mashina kerak bo‘lsa, Siz jismoniy shaxs sifatida ham lizingni olish imkoniyatiga egasiz.

O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999 sanasidagi №756-I-sonli “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 3-kichik bobi, 34-bo‘lim, 6-paragraf “Lizing”

Lizing obyektlari

O‘zbekistonda lizing obyektlari sifatida tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa ko‘char va ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999 yil sanasidagi №756-I-sonli “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni).


Nimani lizingga olish mumkin emas?

Yer uchastkasini, tabiiy obyektni (masalan, dala yoki ko‘l) va davlatga tegishli bo‘lgan hamda qonun bo‘yicha erkin muomalaga chiqarilmaydigan mulkni (masalan, binolar, madaniy yodgorliklar) lizingga olish mumkin emas.


Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirish kerak?

O‘zbekistonda lizing to‘lovlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi:


  • Dastlabki to‘lov – bu odatda tovarning sotib olish narxining
    20-30%ni tashkil etadi;
  • Oylik to‘lovlar. Ular ikki xil shaklda bo‘ladi: annuitet (butun muddat davomida bir xil miqdorda oylik to‘lovlarni amalga oshirasiz) va regressiv – birinchi oyda Siz ko‘proq to‘lovni amalga oshirasiz, keyingi oylarda to‘lov miqdori asta-sekin kamayadi.
Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

12.08.2025

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi



Orphus tizimi