JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 52 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

Lizing xizmatlari bozori yuqori o'sish salohiyatiga ega

10.09.2014
10.09.2014     O'zbekiston Lizing beruvchilari uyushmasi tomonidan 2013 yil yakunlari bo'yicha  O'zbekistonda lizing xizmatlari sektori  sharhi  tayyorlandi. Unda keltirilishicha, o'tgan yili  lizingning asosiy kapitalga investitsiyalar tuzilmasidagi ulushi 2,8 foizni tashkil qildi. Shuningdek, YIM da ham lizing sektori hissasi  2012 yildagi  0,6 foizdan  2013 yil 0,7 foizga yetdi. Lizing portfeli ulushining YIM dagi ko'rsatkichi 2012 yilga nisbatan o'zgarmadi va 1,3 foizni tashkil qildi.     Ushbu sharhga muvofiq,  o'tgan yili  lizing xizmatlari hajmining  o'sish sur'ati avvalgi yilga nisbatan 36 foizga oshdi. 2012 yilda bu ko'rsatkich 590,6 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2013 yil yakunlari bo'yicha 805,2 mlrd. so'mga yetdi. Amalga oshirilgan lizing bitimlari  2012 yilga nisbatan 7026 tadan 6692 taga yoki 5 foizga kamaydi.  Bunga «O'zqishloqmashlizing»  (2013 yilda 4703 bitim, 2012 yilda 4940 bitim), «O'zmeliomashlizing» (2013 yilda 240 bitim, 2012 yilda 315 bitim) va «Mikrokreditbank» (2013 yilda 184 bitim, 2012 yilda 330 bitim) kabi lizing beruvchilar  tomonidan tuzilgan bitimlar sonining qisqarishi asosiy sabablardan biri bo'ldi.     2013 yil yakunlariga ko'ra, lizing bitimlarning umumiy portfeli 1 trln. 511 mlrd. so'mga yetdi. Lizing operatsiyalarining 69,6 foizi  lizing kompaniyalari tomonidan amalga oshirildi.   Ularning orasida «O'zqishloqmashlizing» (271,5 mlrd. so'm), «O'zavtosanoatlizing» (65,9 mlrd. so'm), «O'zmeliomashlizing» (38,5 mlrd. so'm), «O'zbek Lizing Interneshnl» A.O. (36,2 mlrd. so'm) va «Artum Lizing Grupp» (20,9 mlrd. so'm) lizing kompaniyalari ichida bozorning eng yirik ishtirokchilari bo'ldi.     Ma'lumki, lizing sektorida banklar ham o'z ulushiga ega.  2013 yil yakunlari bo'yicha banklar orasida eng yirik lizing beruvchilari qatoridan «Asaka» bank (65,0 mlrd. so'm), «Ipoteka bank» (32,3 mlrd. so'm), «Qishlok Qurilish bank» (20,3 mlrd. so'm), «Mikrokreditbank» (16,2 mlrd. so'm) i «O'zsanoatqurilishbank» (15,9 mlrd. so'm) o'rin oldi.     Lizing xizmatlari bozori tahlili shuni ko'rsatkmoqdaki,  fermer xo'jaliklari, sanoat, transport, qurilish sektori, shuningdek ko'chmas mulk sohasi korxonalari o'z faoliyatida ko'proq lizingdan foydalanmoqda.     O'tgan yil yakunlariga ko'ra,  lizingga berilgan mulk qiymatida  qishloq xo'jaligi texnikasi (37,5 foiz ) yetakchi ulushga ega  bo'ldi. Uning qiymati esa 296,9 mlrd. so'mga teng bo'ldi.  Shuningdek, avtotransport ulushi 24,8 foiz, ko'chmas mulk 16,3 foiz, texnologik uskunalar ulushi  21,4 foizdan iborat  bo'ldi.                         Bitimlarning hududlar bo'yicha taqsimlanishini ko'radigan bo'lsak, respublika bo'yicha lizing bitimlari taqsimoti deyarli bir tekisda bo'lib, faqat Toshkent shahri ulushiga jami  lizing operatsiyalarining deyarli to'rtdan bir qismi, ya'ni 22,4 foizi  to'g'ri kelmoqda.   2013 yilda  hududlar kesimida lizing operatsiyalari hajmi  bo'yicha shuningdek,   Toshkent  viloyati 10,1 foiz  va Samarqand viloyati  9,7 foizlik ulush bilan yetakchilik qildi.     Mazkur sharhda lizing bozorining rivojlanish istiqbollari ham  berilgan. Unga  muvofiq,  kelgusida  lizing xizmatlari bozori yuqori o'sish salohiyatiga ega bo'ladi.  Ekspertlarning ma'lum qilishicha, yildan-yilga lizing beruvchilar bozorida raqobat  kuchayib,   lizing xizmatlari sifati oshib bormoqda. Demakki,   yaqin kelajakda lizing O'zbekiston  innovatsion iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlab beruvchi istiqbolli vositalardan biriga aylanishi mumkin. UzReport.uz
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Octobank S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingi agentligidan “Barqaror” prognoz reytingini oldi.

22.04.2025

Octobank S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingi agentligidan “Barqaror” prognoz reytingini oldi.

Octobank IT Park rezidentlariga xalqaro bozorga chiqish uchun internet-ekvayring taqdim etadi

21.04.2025

Octobank IT Park rezidentlariga xalqaro bozorga chiqish uchun internet-ekvayring taqdim etadi

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

17.04.2025

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi



Orphus tizimi