Luvrdagi videokuzatuv tizimi paroli: «Louvre» ekan. Sizning parollaringiz qanday?

21.11.2025
Uzum Bank eslatib o‘tadi: ishonchli parol raqamli xavfsizligingizning muhim qismidir. Ismingiz, tavallud kuningiz yoki QWERTY12345 ishonchli parollar emas.

Tajovuzkorlar topa olmaydigan parolni qanday tanlash mumkin?

Harf, raqam va belgilar kombinatsiyasidan foydalaning
Turli manbalar uchun bir xil parol ishlatmang
Tug‘ilgan kuningiz yoki o‘zingiz va yaqinlaringiz ismlarini parol sifatida ishlatmang.

Va, albatta, parollar yozilgan eslatmalarni bank kartalari va smartfon yonida saqlamang. Bank xodimlari hech qachon kartaning orqa tomonidagi yoki SMS’dagi kodni so‘ramaydi — buni yodda tuting va shubhali qo‘ng‘iroqlar haqida darhol bankning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga xabar bering.

Shunda sizning mablag‘laringiz Luvrdagi qimmatbaho buyumlardan ko‘ra ham ishonchliroq himoyada bo‘ladi.

Uzum Bank Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga tegishli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar o‘z pul mablag‘larini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar va maishiy to‘lovlarni to‘laydi, xaridlardan keshbek oladi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga muddatli to‘lov va mikroqarzlar uchun 25 million so‘mgacha limitdan foydalanish hamda qulay toʻlov qilish imkoniyatini ta’minlaydi, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya esa Uzum ekotizimiga qarashli servislardan  qo‘shimcha bonuslar va afzalliklarni taqdim etadi. 
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi

25.02.2026

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi



Orphus tizimi