JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

“Mahallabay” tizimi:

01.03.2021

Xalq banki oilaviy biznes uchun imtiyozli kredit ajratmoqda

Xalqimizda “Baliq berma, qarmoq ber” degan naql bor. Bu -- ijtimoiy himoya tizimining asrlar sinovidan o‘tgan usuli. Bugun mamlakatimizda aholi muammolari “Mahallabay” tizimi orqali o‘rganilib, hal etilayotgani ana shu oqilona tajribaning zamonaviy ko‘rinishidir.

Ayni paytda joylarda xonadonma-xonadon yurib, yurtdoshlarimiz dard-u tashvishlariga quloq tutayotgan mas’ul idora va tashkilotlar vakillari orasida Xalq banki tizimi xodimlari ham bor. Ular o‘rganishlar davomida shunchaki so‘rovnoma to‘ldirib yurishibdi, deganlar yanglishadi. Ehtiyoj o‘rganilib, joyida qanoatlantirilyapti. 

Masalan, bankning bir guruh vakillari hozir Toshkent viloyatining Qibray tumanida “Mahallabay” tizimiga jalb qilingan. Bankning faoliyat yo‘nalishi -- aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. Ijtimoiy yordamning manzilliliga kafolat bor — “temir daftar”. 

Mana, qisqa muddat ichida Xalq banki xodimlari Qibray tumanining “Po‘lat qadam”, “Uymovut”, “Olmazor”, “Shalola”, “May” va Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, ushbu hududlarda yashovchi, “temir daftar”ga kiritilgan 7 ta ehtiyojmand oilaga imtiyozli kreditlar asosida jami 15 bosh qoramol tarqatishdi. 

Chorva — baraka manbai, deyishadi. Haq gap. Yaxshi parvarish bo‘lsa, tuyoq soni o‘zidan ko‘payaveradi. Daromadning cho‘g‘i xonadon vakillarining ishbilarmonligiga bog‘liq. 

Aslida bu oilaviy biznesning debochasi. Xalq bankining bunday amaliy ishlari respublikamizning boshqa hududlarida ham izchil davom ettirilmoqda. 

Ajratilayotgan imtiyozli kreditlar nafaqat chorvachilik, balki boshqa ko‘plab serdaromad sohalarga yo‘naltirilmoqda. 

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

24.11.2025

Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

25.11.2025

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi

24.11.2025

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi



Orphus tizimi