Mamlakat hududida yuridik shaxslarning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish bo‘yicha hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish to‘g‘risida

09.10.2017


Mamlakat hududida yuridik shaxslarning ustav fondini (ustav kapitalini) chet el valyutasida shakllantirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli Farmoniga ko‘ra, jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi o‘rnatib qo‘yilgan.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga binoan xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining mol-mulkiga pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar hissa sifatida qo‘shilishi mumkin.

SHu munosabat bilan, Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablag‘larini milliy va chet el valyutasida, naqd va naqdsiz shaklda hech qanday cheklovlarsiz kiritish mumkinligini ma’lum qiladi.            

                                                            

      Manba:www.cbu.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!

26.03.2026

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!



Orphus tizimi