Mamlakatimiz ahlini Bahor ayyomi Navro‘z bilan muborakbod etadi va milliy valutadagi yangi muddatli omonatni amalga kiritganini ma’lum qiladi.

16.03.2012

Mamlakatimiz ahlini Bahor ayyomi Navro‘z bilan muborakbod etadi va milliy valutadagi yangi muddatli omonatni amalga kiritganini ma’lum qiladi:

“NAVRO‘Z”
 

  •    saqlash muddati – 3 oy;
  •    omonatga qo‘shimcha badallar qabul qilinmaydi;
  •    foizlar har oy yoki omonat muddati tugagandan so‘ng, talab qilib olinmagan foizlar kapitallashtirilmagan holda to‘lanadi;
  •    boshlang‘ich badal miqdori chеgaralanmagan.



Omonatga mablag‘ qabul qilish 2012 yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi.

Jamg‘armalarining boshqarilishini bizga ishonib topshirganlar farovonligi uchun o‘zimizni mas’ul dеb hisoblaymiz!
 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni 235-42-83, 234-14-14 tеlеfonlari

orqali yoki Bankning istalgan bo‘lim/filialidan olishingiz mumkin.
 

O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot


Manba: NBU
O'xshash yangiliklar
Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

18.02.2026

Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi

17.02.2026

Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda

11.02.2026

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda



Orphus tizimi