JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

Marhamat, kredit oling

11.01.2017


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 14-dekabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida davlat banklari «Bundan keyin o‘z ish uslublarini tubdan o‘zgartirishi shart»ligini ta’kidlab, bu borada aniq vazifa qo‘ydi: «Ular har bir oila bilan muloqot tashkil qilish orqali fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi kerak».

Ko‘p o‘tmay mamlakatimiz tijorat banklarida bu vazifani amalga oshirishga jiddiy kirishildi: aholi xonadonlarida o‘tkazilayotgan muloqotlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berilmoqda, qisqa muddatda kredit mablag‘lari ajratish choralari ko‘rilmoqda. Bunda aholiga chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, issiqxonalar qurish, maishiy xizmat kabi yigirmadan ziyod yo‘nalishda tadbirkorlik qilish uchun kreditlar taklif etilmoqda.

“Mikrokreditbank” ATBdan ma’lum qilishlaricha, joriy yilda bankning “Oddiy aholini tadbirkorga aylantirish” loyihasi 698 mingdan ziyod xonadonni qamrab oladi. Maxsus jadval asosida joylarda aholi bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Ayni kungacha mamlakatimiz bo‘ylab 10 mingdan ziyod xonadonda suhbatlar o‘tkazilgan. Bunda aholi ko‘proq bog‘dorchilik, chorvachilik, ixcham issiqxona qurish, parrandachilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish kabi sohalar bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Deylik, mazkur loyiha doirasida chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Yangi yil bayrami arafasida yakkabog‘lik Akbarali Nurmanovga 14 million, Bekzod Yaxshiyevga 11 million so‘m kredit ajratilgan. Bu bilan ikki oila ro‘zg‘origa baraka kirdi, ularning yashashga, ishlashga ishtiyoqi ortdi. Chunki kredit – odamni yanada ko‘proq mehnat qilib, qarzni o‘z vaqtida uzishga undaydi. Bu tadbirkor bo‘lishda ayni muddao.

«Qishloq qurilish bank»dan ma’lum qilishlaricha, 7-yanvar holatiga, bank xodimlari 32,6 mingdan ziyod xonadonda bo‘lib, aholi bilan suhbatlar o‘tkazgan. Shundan qariyb 3 ming fuqaro o‘z biznesini boshlash istagini bildirgan. Ulardan 155 nafariga 1,5 milliard so‘mdan ziyod kredit ajratilgan. Natijada qisqa vaqtda chorvachilik, parrandachilik, issiqxona faoliyati, hunarmandlik kabi sohalarda yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Gulasal Yo‘ldosheva 2016-yili Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi Agrobiznes va servis kasb-hunar kollejini bitirdi. Biroq kollej diplomi bilan qayerda ishlashni bilmay o‘ylanib turgan qizning orzulariga «Qishloq qurilish bank»ning yangi loyihasi keng yo‘l ochib berdi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Banklar endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatishi va shunga yetaklashi lozim», degan gaplarini tinglab, kredit olgani qaysi bankka borsam ekan, deb o‘ylanib turganimda, ularning o‘zi uyimizga kelib, kredit olishim mumkinligini aytdi, – deydi Gulasal. – To‘g‘risi, bu oilamiz uchun Yangi yil bayramiga katta sovg‘a bo‘ldi: bir hafta nari-berisida 3-yil muddatga 7 million so‘m kredit ajratishdi. Bu pulga kichikroq ikki novvos, buzog‘i bor sog‘in sigir sotib oldik. Endi oilamiz bilan mol-holga yaxshi qarab, ularni ko‘paytirib, kreditni o‘z vaqtida to‘lasak, tadbirkorlik faoliyatimizni yanada kengaytirish uchun kattaroq miqdorda kredit olishimiz mumkin.

Ha, odamlarning tadbirkor bo‘lishga intilishiga amaliy yordam berilsa, bunyodkorlik yanada keng quloch yozadi. Eng muhimi, bu bilan minglab oilalarga baraka kiradi, yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni mamlakatimiz prokuratura sohasining bir guruh xodimlari bilan uchrashuvda bu hayotiy haqiqatni barchamizga yana bir bor eslatib, «Tadbirkor boy bo‘lsa, davlat ham, xalq ham boy bo‘ladi», deb ta’kidladi. «Tadbirkor bola-chaqasidan qiyib, to‘plagan mol-mulki, pulini yangi ish ochishga sarflaydi. Bankdan kredit olsa, uni foizi bilan o‘zi to‘laydi. Shunga qaramasdan tavakkal qilib, huzur-halovatdan kechib, bor imkoniyatini, mablag‘ini xavf-xatarga qo‘yib, o‘z ishi uchun kecha-kunduz jonini berib ishlaydi. Shu yo‘l bilan nafaqat o‘zini, oilasini, balki el-yurtini ham boqadi. Shu ma’noda tadbirkor – bu haqiqiy fidoyi inson. Men bunday odamlarni, loaqal ikkita ish o‘rni yaratgan tadbirkorni boshimga ko‘tarishga tayyorman», dedi.

Aslida ham yo‘qdan bor qilayotgan, birni o‘nga aylantirayotgan odam – bunyodkor odam. Uning aniq hayotiy maqsadi, yo‘li va manzili bor, umr mazmuni haqida o‘z fikri bor, shundan zavq va halovat topadigan orzu-umidlari bor. Zotan, o‘z qarashlari va mezonlariga ega, yo‘li oydin, manzili yorug‘ xalq karvonini hech qanday kuch chalg‘itolmaydi.

 

Manba:  www.uza.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi