Marhamat - xorijiy valyutada mikrokredit!

25.05.2018

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” 2018 yil 1 iyundan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun xorijiy valyutada yangi mikrokredit joriy etmoqda. Mikrokredit eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan so‘m ekvivalenti miqdorida xalqaro to‘lov plastik kartaga o‘tkazib berish yo‘li bilan xorijiy valyutada ajratiladi.

Mikrokredit xorijdan keltiriladigan xomashyo, tovar-xizmatlar, butlovchi ehtiyot qismlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish hamda kengaytirish uchun yuqori texnologik asbob-uskunalar, innovatsion ishlanmalar va texnikalar sotib olish uchun 18 oy muddatgacha ajratiladi.

Mikrokredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

-         mikrokredit olish uchun ariza;

-         qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja;

-         likvidli mol-mulk yoki milliy yoki chet el valyutasidagi depozit garovi.

Mikrokredit bo‘yicha 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr belgilanishi mumkin.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: https://www.facebook.com/official.qqb.uz/

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi