Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

22.10.2020
O‘zbekiston Markaziy bankida navbatdagi Boshqaruv yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ishtirok etib, asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qolgani haqida ma’lum qildi. Ushbu qaror real foiz stavkalar ijobiyligini saqlab qolish, yuzaga kelgan vaqtinchalik inflyatsion xatarlar fonida iqtisodiy faollikni yanada rag‘batlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilishi va o‘rta muddatli davrda inflyatsiya dinamikasi yanada sekinlashishi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. «Markaziy bank inflyatsiyaning yil yakuni bo‘yicha prognozini yillik 11−12,5 foiz darajasida saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘radi. Asosiy stavka bo‘yicha kelgusidagi qarorlar inflyatsiyaning joriy va prognoz dinamikasining shakllanishi, shuningdek ichki va tashqi xatarlarni baholash asosida qabul qilinadi", deyiladi Markaziy bank press-relizida.
Manba: gazeta.uz
O'xshash yangiliklar
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda



Orphus tizimi