Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirib, 14 foiz etib belgiladi

10.09.2020
Asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, 14 foiz darajasida belgilandi, deya ma’lum qildi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. Bu haqdagi tegishli qaror 10 sentyabr kuni Markaziy bank boshqaruvining yig‘ilishida qabul qilindi. Qayd etilishicha, ushbu qaror inflyatsiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati, shuningdek, pandemiya sharoitida inflyatsiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi. «Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozi 11−12,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlanib qolindi va bunda inflyatsiyaning prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada shakllanish ehtimoli ortmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalar barqaror pasayishi va makroiqtisodiy barqarorlikning saqlab qolinishi sharoitida inflyatsiya prognozi yanada pasaytirish tomonga ko‘rib chiqilishi mumkin», — deyiladi xabarda. Markaziy bank Hukumat bilan birgalikda 2023 yilga qadar inflyatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi. Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Markaziy bank asosiy stavkani 14 aprel kuni 16 foizdan 15 foizgacha tushurgandi.
Manba: cbu.uz
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi