Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko`tarish to`g`risida qaror qabul qildi

27.06.2017

Markaziy bank Boshqaruvining pul-kredit siyosati chora-tadbirlarining iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta'minlashdagi samaradorligini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi yakuni bo‘yicha joriy yilning 28 iyun kunidan qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi joriy yilning o‘tgan davrida inflyatsiya sur'atlarining tezlashishi hamda inflyatsion xatarlarning ortishini cheklash bo‘yicha choralarni kuchaytirish zaruriyatining yuzaga kelganligi bilan izohlanadi.

Inflyatsiya darajasiga narxlarning mavsumiy o‘zgarishi hamda taklif omillari bilan bir qatorda iqtisodiyotni kreditlash hamda milliy valyuta devalvatsiyasining o‘tgan yilga nisbatan yuqoriroq sur'atlarda oshib borishi ham o‘z ta'sirini o‘tkazdi.

Yuzaga kelgan sharoitda amaldagi foiz stavkalari kredit resurslariga spekulyativ talabning oshishiga hamda inflyatsion spirallar paydo bo‘lishi xavfining ortishiga olib kelmoqda. 

Ushbu holatda qayta moliyalash stavkasini oshirish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank tomonidan inflyatsiya o‘sishining oldini oluvchi ta'sirchan chora sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

-  monetar omillarning narxlar darajasi o‘sishiga ta'sirini va inflyatsion xatarlarni cheklash hamda inflyatsiyani maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida saqlab qolish;

-  ijobiy real foiz stavkalarini ta'minlash va iqtisodiyot real sektorini kreditlashda muvozanatli sharoitlarni yaratish;

-  valyuta kursi shakllanishining erkin bozor rejimiga o‘tish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;

-  narxlar barqarorligi va past inflyatsion kutilmalarni ta'minlash hamda o‘rta va uzoq muddatli investitsion qo‘yilmalarni rag‘batlantirish orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy sharoitlarni shakllantirish.

Markaziy bank kelgusida ham narxlar darajasining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik va iqtisodiyotda barqaror past inflyatsion kutilmalarni shakllantirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettiradi.

Iste'mol bozorida narxlar barqarorligi va inflyatsion xatarlarning pasayishiga erishilishi bilan qayta moliyalash stavkasi qayta ko‘rib chiqilib, pasaytirib boriladi.

Manba: www.cbu.uz

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi