2018 yil 11 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan birgalikda bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminar ishida Markaziy bank hamda tijorat banklarining rahbar va mas’ul xodimlari orasidan uch yuzdan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi.
Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizom Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ–3620-son «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Seminar davomida Markaziy bank vakillari tomonidan mazkur Nizom bandlari, jumladan, bank xizmatlari iste’molchilariga axborot taqdim etish qoidalari, rasmiy veb-saytda taklif etilayotgan xizmatlar shartlari va reklama tusidagi axborotlarni joylashtirish xususiyalari, muddati o‘tgan qarzdorlik vujudga kelganda iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish qoidalari, shuningdek, iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartiblarini tushuntirish yuzasidan prezentatsiya taqdim etildi.
Manba: www.cbu.uz
11.03.2026
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
Markaziy bank tomonidan seminar tashkil etildi