JET: Oltin quymalarini qanday sotib olish mumkin? Batafsil

Markaziy bank

01.08.2020

Markaziy bank nima?

Markaziy bank – mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas'ul bo‘lgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to‘lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.

Ba'zan mamlakatlarda mega-tartibga soluvchi (mega-regulyator) bo‘lgan markaziy banklar mavjud va ular sug‘urta bozorini hamda moliya bozorining boshqa segmentlarini ham tartibga soladi.

Markaziy bank tijorat banklarining amaliyotlarini amalga oshirish, ya'ni jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish, ularga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, banklar kapitallari va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida ishtirok etish huquqiga ega emas.

Markaziy banklarning kelib chiqish tarixi

Markaziy banklarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularning kelib chiqishi xususiy banklarga berilgan imtiyozda, ya'ni pul bosib chiqarishda (pul emissiyasi) namoyon bo‘lgan.

Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat banklari o‘rtasida farq bo‘lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangan sari bir necha yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‘lib qolgan.

Markaziy banklarning paydo bo‘lishi XIX asrning o‘rtalariga va XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda ko‘pchilik hukumatlar muomaladagi pul masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo‘ynida bo‘lishni qonunlashtirgan.

Markaziy bank birinchi marta qayerda va qachon paydo bo‘lganini aytish qiyin. Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo‘lib bajargan bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank (Shvetsiya banki bo‘lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 1694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa 1800-yilda.

An'anaga ko‘ra, markaziy bankning 4 ta asosiy vazifasi bor. Markaziy bank:

а) mamlakatning emission markazi, ya'ni banknotlar chiqarishning monopol huquqiga ega;

b) banklar banki, ya'ni kompaniya va muassasalar bilan emas, balki asosan ushbu mamlakat banklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi: milliy kredit tizimini zarur standartlash va professionallik darajasini saqlagan holda ularning kassa zaxiralarini qonun bilan belgilangan miqdorda saqlash, ularga kredit berish (oxirgi instansiya kreditori), nazorat qilish;

v) mamlakatning asosiy hisob-kitob markazi. Bu degani, boshqa banklar o‘rtasida o‘zaro talablari va majburiyatlarining zachyoti (kliring) asosida naqd pulsiz operatsiyalarini amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaradi;

g) pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga soluvchi organ.

Tartibga solish funksiyasi - pul muomalasini tartibga solishdir. Bunga naqd va naqdsiz pul emissiyasini kamaytirish yoki ko‘paytirish va diskont siyosati, minimal zaxiralar siyosati, ochiq bozor, valyuta siyosati orqali erishiladi.
14

Tartibga solish funksiyasi nazorat funksiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, minimal zaxira siyosatini o‘tkazishda, markaziy bank muayyan bankning holati haqida keng ma'lumot oladi.

Nazorat funksiyasiga bankning bank tizimi tarkibining sifat talablariga muvofiqligini aniqlash kiradi, ya'ni kredit muassasalarini milliy bank bozoriga qabul qilish tartibi. Bundan tashqari, bunga kredit muassasalari uchun zarur iqtisodiy koeffitsientlar va me'yorlar ishlab chiqish hamda ularga amal qilishni nazorat qilish kiradi.

Iqtisodiy normativlar – Markaziy bank tomonidan belgilanadigan pul aylanmasini boshqarish va bank faoliyatini tartibga solish uchun normativlardir. Masalan, ularga majburiy zaxira me'yori, likvidlik koeffitsenti, kapitalning yetarliligi va boshqalar kiradi.

Millatlararo markaziy banklar ham mavjud, masalan Yevropa markaziy banki.

Yevropa markaziy banki - yevro hududining markaziy banki hisoblanadi. 1998 yil 1 iyunda tashkil topgan. Uning shtab-kvartirasi (qarorgoxi) Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Uning boshqaruv organi tarkibiga Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lgan barcha davlatlarning vakillari kiradi. Bank Yevropa ittifoqining boshqa organlaridan butunlay mustaqil.

Kapital tashkil etish shakliga ko‘ra markaziy banklar quyidagilarga bo‘linadi: davlat, aksioner, aralash.
15

Davlat markaziy banklarida kapital davlat hisobidan shakllantirilgan (masalan, bank tashkil etilgan paytida, Germaniya federal banki kabi, yoki Buyuk Britaniya va Fransiya Markaziy banki kabi, davlat, mavjud bo‘lgan tijorat bankni milliylashtirganidan keyin).

Aksionerlik markaziy banklarda kapital aksiyadorlar hisobidan shakllanadi (masalan, AQSh Federal zaxira tizimining kapitali tijorat aksiyadorlik banklar hisobidan shakllangan).

Aralash markaziy banklarda kapitalning bir qismi davlat tomonidan, qolgan qismi esa xususiy aksiyadorlar tomonidan shakllanadi (masalan, Yaponiya bankida davlat 55% aksiyalarga egalik qiladi).

Turli mamlakatlarda markaziy banklarning nomlari uchun turli atamalar ishlatiladi: markaziy, davlat, zaxira, milliy va boshqalar:
  • “Milliy bank” nomi Abxaziya, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina va Shveysariyalarda qabul qilingan;
  • “Markaziy bank” - Armaniston, Ozarbayjon, Eron, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistonda;
  • “Xalq banki” – Bolgariya va Xitoyda;
  • “Bank” nomining o‘zi - Isroil (Isroil banki), Kanada, Litva, Latviya, Estoniya va Yaponiyada;
  • yoki, Singapurning pul-kredit boshqarmasi, Avstraliya zaxira banki, AQSh Federal zaxira tizimi va boshqalar.

Qiziqarli!!! Federal zaxira tizimi (Federal Reserve System, FZT, Federal zaxira, FED) – 1913 yil 23 dekabrda Amerika Qo‘shma Shtatlari markaziy banknining vazifalarini bajarish va tijorat bank tizimi ustidan markazlashtirilgan nazoratni amalga oshirish uchun maxsus yaratilgan mustaqil federal agentligidir. Federal zaxira tizimiga yirik shaharlarda joylashgan 12 ta federal zaxira banklari kiradi.

O‘zbekiston Markaziy banki

2

O‘zbekiston Markaziy bankining dastlabki nomi O‘zbekiston SSR Davlat banki bo‘lgan va O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatgan.

So‘ngra 1991 yil 30 sentyabrda Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritilgach, O‘zbekiston SSR Davlat banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki deb, 1992 yil 2 iyulda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki deb nomlangan.

O‘zbekiston Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilovchi hujjatlari bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (XXV bob, 124-modda), «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa rasmiy qonun hujjatlaridir.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Markaziy bankning 14 ta hududiy bosh boshqarmalari, shu jumladan o‘n ikkita hududiy bosh boshqarmalar, Markaziy bankning Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha asosiy territorial boshqarmasi;
  • 10 ta tasarrufdagi tashkilotlar.
Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi