Markaziy bankning ko'chmas mulk bozori tahlilida xatolik bo'lishi mumkinmi?

Yaqinda Markaziy bank 2023-yil 4-chorak yakunlari bo‘yicha ko‘chmas mulk bozori tahlilini e’lon qildi. Unda Toshkentning ikkilamchi bozorida narxlar 2023-yilda sezilarli darajada oshgani haqida ma'lumot keltirilgan (1 kv.m uchun 933 dollardan 1212 dollargacha). Ushbu xulosa noto'g'ri bo'lishi mumkinmi? Bunday ehtimol yoq emas.

Birinchidan, 2023-yilda biz suhbatlashgan bozor ishtirokchilari ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishni to‘xtatganini va buning mantiqiy sabablari borligini ta’kidladilar. 2022-yilda ikkilamchi uy-joy narxining oshishiga ko'chib kelgan xorijliklar turtki bo'lgan. Ijara narxi sezilarli darajada oshib, kvartiralarni sotib olish va ularni ijaraga berish ancha foydali bo'lib qolgan edi. Biroq, 2023-yilda bu tendentsiya to'xtab, ijara talabi sezilarli darajada kamaygan. Buni Markaziy bankning o‘zi ham ta'kidlashicha, Toshkent shahrida ijara narxlari dollar hisobida 9,3 foizga pasaygan.

Ikkinchidan, Markaziy bank o'z tahlilini haqiqiy bitimlar ma'lumotlariga emas, balki internetdagi ochiq manbalardan olingan ma'lumotlarga asoslangan. Katta ehtimol bilan, bu olx.uz saytidagi e'lonlardir. Ko’rinishicha, Markaziy bank har chorakda bir marta ikkilamchi ko'chmas mulkni sotish bo'yicha barcha e'lonlarni to'plab, ularga asoslanib kvadrat metr narxini hisoblab chiqadi.          

Bunday holda, quyidagi omillar hisobga olinmagan bo'lishi mumkin:

- olx.uz da juda ko'p e’lon nusxalari mavjud, chunki bitta kvartira ko'pincha bir nechta maklerlar tomonidan sotiladi, ayniqsa xonadon qimmat bo'lsa.

- zudlik bilan sotiladigan bozor narxidan past bo'lgan kvartiralar ko'pincha olx-ga qo'yilmaydi yoki saytda juda qisqa vaqt davomida turadi, va shuning uchun Markaziy bank radarlari ostiga tushmaydi.

- ko’plab “relokantlar” davlatimizni tark etgani tufayli kvartiralarga talab kamayganidan so'ng, narxlarning o'z joyiga qaytishi darhol sodir bo'lmasligi mumkin. Ko'p kvartira egalari yuqori narxda ko'chmas mulkini sotish umidini yo'qotishmaydi va e'lonlarda ancha vaqt mobaynida qimmatroq narxlarni ko'rsatishadi.

Ushbu omillar kvadrat metr uchun o'rtacha narxni haqiqiy narxlardan qimmatroq qilib ko'rsatishi mumkin. Shu sababli, Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o'rtacha narxi 1200 AQSh dollaridan oshganligi haqidagi xulosalarga ehtiyotkorlik bilan qarash kerak.

O'xshash yangiliklar
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi



Orphus tizimi