Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Masofaviy xizmatlar haqida ma’lumot berildi

27.08.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” g‘oyasi asosida davlat va jamiyat hayotidagi muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan brifing va matbuot anjumanlari rejasi”ga muvofiq, joriy yilning 27 avgust kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga ko‘rsatilayotganmasofaviy bank xizmatlari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda qayd etildiki, O‘zbekiston bank-moliya tizimida jadal islohotlar kechmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bank tizimi rivojida muhim bosqichni boshlab berdi. Mazkur qarorda masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or bank xizmatlari turlarini amaliyotga joriy etish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, bank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish hamda bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish vazifalari belgilab berildi.

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” tizimida mazkur qaror ijrosini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, zamonaviy axborot-texnologiyalari joriy qilingan holda masofaviy xizmatlar ko‘lami kengayib bormoqda.

Bugungi kunda bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari “Internet banking”, “Mobil banking” va “SMS-banking” xizmatlaridan iborat bo‘lib, mazkur xizmatlarni ko‘rsatish orqali mijozlar uchun o‘z vaqtlarini tejash va mablag‘larni tezkor tasarruf etishkabi qulayliklar yaratilayotgan bo‘lsa, banklar uchun mijozlar sonini kengaytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va mehnat resurslarini tejash imkoniyati yaratilmoqda.Tadbirda bank tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar, ularning afzalliklari va joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangi innovatsion loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi