2018 yilning 12-13 mart kunlari ATB “Qishloq qurilish bank”da “Mijozga xizmat: zamonaviy talablar va yondashuvlar” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda bankning departament va boshqarmalari boshliqlari, bank filiallarida tashkil etilayotgan “Mijozga xizmat” axborot markazi xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quv seminar davomida ishtirokchilarga bank siyosati va strategiyasi, bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, yangi bank xizmatlari bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi.

Tadbirda xalq bilan muloqot va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish ATB “Qishloq qurilish bank” faoliyatining eng ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlandi. Shu boisdan bankning barcha filiallarida “Mijozga xizmat” axborot markazlari tashkil etilmoqda. Markazlarning asosiy maqsadi - jismoniy va yuridik shaxslarga bank faoliyati haqida birlamchi ma’lumot berish, aholini va mijozlarni ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari bilan tanishtirish, bank filiallari binolarida fuqarolar va mijozlarga sifatli ko‘rsatilishini tashkil qilishdan iboratdir. O‘quv-seminar davomida filiallarda mijozlar va jamoatchilik bilan ishlashni samarali tashkil etish bo‘yicha uslubiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, psixologiya fanlari nomzodi, ruhshunoslik bo‘yicha tajribali ekspert L.Kazakov tomonidan “Bank xodimlari faoliyatida psixologik omillardan foydalanish” mavzusida interfaol usuldagi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan bu turkumdagi seminar-o‘quvlarni har chorakda o‘tkazib borishni rejalashtirilmoqda.
Bank axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Mijozga xizmat: zamonaviy talablar va yondashuvlar