Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik - tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2018-yil 30-iyun kuni bo'lib o'tdi

20.06.2018
20.06.2018

HURMATLI AKSIYADORLAR!

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik - tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2018-yil 30-iyun, Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy manzili bo‘yicha “Mikrokreditbank” ATB majlislar zalida o‘tkaziladi.
Yig‘ilish soat 11:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ruyxatga olish soat 10:00 dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Bank aksiyadorlari reyestri 2018-yil 26-iyun holatiga tuziladi.

Yig‘ilish kun tartibi:

1.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash.
2.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
3.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2017 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha bank Kuzatuv Kengashi va Boshqaruvining hisobotini tasdiqlash hamda bankning 2018 yilga belgilangan ustuvor vazifalari.
4.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatining2017 yil yakuni bo‘yicha buxgalterlik balansi, foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisoboti hamda auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.
5. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2017 yil yakuni bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash va uning 2018 yil uchun tarkibini saylash.
6. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2017 yilfaoliyati yakuni bo‘yicha foyda va zararni taqsimlash.
7. “Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
8.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2018 yil faoliyati yakuni yuzasidan auditorlik tekshiruvi o‘tkazish, auditorlik tashkiloti va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.
9.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan joriy ho‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash to‘g‘risida.
10.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining e’lon qilingan aksiyalari miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risida.
11.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga kiritiladigan qushimcha va o‘zgartishlarni tasdiqlash.
12.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida, Kuzatuv kengashi to‘g‘risida, Taftish komissiyasi to‘g‘risida, Sanoq komissiyasi to‘g‘risidagi va bank Boshqaruvi to‘g‘risidagi” Nizomlarini yangi tahrirda tasdiqlash.
13.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining yangitashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
14.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining korporativ boshqaruv tizimini baholash yakunlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
15.“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi raisi bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuzish to‘g‘risida.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi haqida xabar qilish 2018 yil “19” iyun holatiga tuzilgan aksiyadorlar reyestri ma’lumotlari asosida aksiyadorlarning elektron pochta manzillariga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot, unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti(www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.
Tel: 202-99-99 (1011, 1012)


Bank Kuzatuv kengashi
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi