JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

“Mikrokreditbank” АTB tomonidan Buxoroda yosh tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda

09.04.2021
9.04.2021
         Bugungi kundagi statistikaga koʼra, Oʼzbekiston aholisining soni 34 milliondan ziyod. Ularning 17 milliondan ortigʼini yoshlar tashkil etadi. Shu bois yoshlar masalalariga davlat siyosati darajasidagi eʼtibor yigit-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, ularning ijtimoiy faoliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
          Hozirgi kunda Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizdagi yoshlarni qilgan mehnati, erishgan yutuqlariga yarasha ragʼbatlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar doirasida 2020 yilda “Mikrokreditbank” АTB tomonidan Buxoro viloyatidagi 3 354 nafar tadbirkorlik subʼektlari va aholiga jami 105,3 mlrd.soʼm imtiyozli mablagʼlar ajratildi. Natijasida 3 672 ta yangi ish oʼrinlari tashkil etildi.
Joriy yil davomida viloyatda bank filiallari tomonidan tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan 3 mingdan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarga 68,4 mlrd. soʼm imtiyozli kreditlar ajratildi va 3170 ta ish oʼrni yaratildi. Mazkur mablagʼlardan 1 505 nafar yoshlarga 33,8 mlrd.soʼm oʼz bizneslarini boshlashi va rivojlantirishiga yoʼnaltirildi hamda 1 572 ta yoshlarga yangi ish oʼrinlari yaratilishiga erishildi.
Misol tariqasida aytib oʼtadigan boʼlsak, gʼijduvonlik 27 yoshli Jaxongir Yusupovga beshik yasash va beshiksozlik yoʼnalishida bank 33 mln.soʼm imtiyozli kredit ajratdi va bu orqali 4 ta ish oʼrni yaratildi. Jahongir bugungi kunda oʼzi kabi yoshlarni ham ish bilan band qilib, ishlab chiqargan mahsulotlarini mahalliy bozorlarga yetkazib bermoqda.
Shofirkon tumani Tezguzar mahallasida joylashgan “Mebel Feruz” MChJ rahbari 29 yoshli Feruz Аshurovga ham mebel ishlab chiqarish yoʼnalishida bank 245 mln. soʼm imtiyozli kredit ajratdi. 
“Yaqin kelajakda ish koʼlamimizni yanada kengaytirib, oʼz mahsulotlarimizni jahon bozoriga ham olib chiqish va raqobatbardosh, yangicha uslubdagi mebellar yasash orqali biznesimizni takomillashtirishni niyat qilayabmiz, – deydi, F.Аshurov. – Oʼnlab yangi ish oʼrinlari yaratish va koʼpgina oilalarning moliyaviy sharoitini yaxshilashga oʼz hissamni qoʼshish – asosiy maqsadlarimdan biri!”
“Mikrokreditbank” tizimida “bank agenti” xizmati yoʼlga qoʼyildi. Bu orqali Buxoro viloyatida 70 nafardan ortiq yoshlar bank agentiga nomzod sifatida tanlab olindi va ular oʼz yashash hududlaridagi yoshlar tadbirkorligi va biznes loyihalarini amalga oshirishga koʼmaklashadi. 
 
       Bu kabi saʼy-harakatlar yoshlarning tadbirkorlik faoliyatlarini yanada kengaytirishlari, oʼz gʼoyalarini amalga oshirishlari uchun maqsadni yanada aniq qoʼyishlariga ijobiy motivatsiya boʼlishi shubhasiz. 
 
Bank Аxborot xizmati
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

24.11.2025

Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

25.11.2025

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi

24.11.2025

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi



Orphus tizimi