“Mikrokreditbank” hamda “ODDO BHF” banklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatildi

17.12.2019
17.12.2019 Shu kunlarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi Murodilla Eshmatov boshchiligadagi mazkur moliya muassasasi vakillaridan iborat delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lib turibdi. Safar doirasida qator moliya muassasalari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish belgilangan. Xususan, kecha “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki yurtimizdagi yirik va kichik biznes subyektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Germaniyaning “ODDO BHF” banki bilan ikki tomonlama biznes korporatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzoladi.   Ma’lumot uchun ta’kidlash joizki, “ODDO BHF” banki 150 yildan ortiq tarixga ega mustaqil fransuz-nemis moliya muassasasi hisoblanadi. Hozirda ushbu bankning yillik sof foydasi hamda ustav kapitali bo‘yicha dunyodagi yirik banklar qatorida turadi. Kelishuvga ko‘ra, “ODDO BHF” banki tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etiladigan mablag‘lar Yevropa Ittifoqidan import qilinayotgan asosiy vosita va texnologik uskunalarni xarid qilishga yo‘naltiriladi. Xususan, “ODDO BHF” banki tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan Toshkent shahridagi “SESAME” MChJga avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatini tashkil qilishga, Surxondaryo viloyatidagi “Aziya-Golden-Fish” MChJga baliqchilik klasterini tashkil etishga, “Gold Biznes Pro” MChJga esa beton va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun, Sirdaryo viloyatidagi “EURASIA GAZ BETON” MChJga gazobeton mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksi tashkil qilishga, “Sirdaryo Mega Lyuks” MChJga esa polietilen qoplarini ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun  kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan. Delegatsiyaning Germaniya Federativ Respublikasidagi safari davom etmoqda. Bank axborot xizmati
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi