JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

“Mikrokreditbank” “mahallabay” ishlash tizimi tarkibida “bank agenti” xizmatini tashkil etdi

17.03.2021
17.03.2021     Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan “mahallabay” ishlash tizimi tarkibida “bank agenti” xizmati tashkil etildi. Bunda, bank mahalliy hokimiyat bilan kelishgan holda shartnoma asosida har bir mahallaga masʼul bank agentini tayinlaydi.      Аgentlar joylardagi mehnatga layoqatli, mahallani biladigan hamda yoshlarni oʼz ortidan ergashtira oladigan, ijtimoiy faol yoshlar ichidan tanlab olinadi va ular maxsus oʼquv-tayyorlov bosqichidan oʼtkaziladi.                   Аgentlar mahallalarda:     - ish bilan band boʼlmagan oʼz tengqurlariga tadbirkorlik qilish boʼyicha tushunchalar beradi;     - bank bilan hamkorlikda tayyor va namunaviy loyihalarni yoshlarga targʼib qiladi;     - uy sharoitida oʼzini oqlagan biznes loyihalarni ommalashtiradi;  - mavjud boʼlgan biznes loyihalarni amalga oshirilishida va moliyalashtirilishida koʼmaklashadi;    - uyushmagan yoshlarni birlashtirgan holda kooperatsiyalarni tashkil etib, toʼlov intizomi, hamkorlik munosabatlari va ijtimoiy masʼuliyat kabi tushunchalarni shakllantiradi.       Eng asosiysi, mahallalardagi agentlar loyihalarni amalga oshishidan manfaatdor shaxsga aylanadi, yaʼni ularning tashabbusi bilan amalga oshirilgan har bir muvaffaqiyatli biznes loyiha uchun bank tomonidan bonus tariqasida mukofot puli toʼlab beriladi.        Аgentlar bank bilan shartnoma asosida ishlaydi – bank xodimi hisoblanmaydi.       “Bank agenti” boʼlish uchun: oliy maʼlumotli boʼlish talab etilmaydi; ish staji soʼralmaydi; yoshingiz +18 boʼlsa, shuni oʼzi yetadi.      Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish istagida boʼlgan barcha ishsiz yoshlarning bank kreditiga boʼlgan ehtiyojini oʼz vaqtida qondirish choralari koʼrib boriladi.       Buning uchun, 2021-yil davomida yoshlarga oʼz bizneslarini tashkil etishlari uchun 1,4 trln. soʼm imtiyozli kreditlar ajratish rejasi belgilab olindi. Ularning manbalari ham aniq. Misol tariqasida aytadigan boʼlsak, joriy yilning oʼtgan davrida 2 mingga yaqin yoshlarga 55,6 mlrd. soʼmdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi.       "Bank agent"lari butun respublika boʼylab tanlab olinadi. Kunlik maʼlumotlar bankning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!



Orphus tizimi