JET: Qaysi bankda ikkilamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Mikrokreditbank Urgut filiali qoshida «Kenagas bank xizmatlari» markazi ochildi

25.01.2021
25.01.2021 Mamlakatimizda qulay biznes va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalangan holda iqtisodiyotning muhim boʼgʼini hisoblangan banklar faoliyatini yuksaltirish, mijozlarga sifatli xizmat koʼrsatish va moliya muassasasi xizmatlarini yanada takomillashtirish maqsadida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi tadbirkorlar va biznes yuritish ishtiyoqidagi koʼpgina yoshlarning talablari asosida faoliyatini boshlagan ushbu moʼʼjaz muassasa Urgut shaxri, Navoiy shox koʼchasi, 100-uy manzilida joylashgan. Mazkur bank muassasasi Mikrokreditbank Urgut filiali АTning «Urgut filiali qoshida Kenagas bank xizmatlari markazi» sifatida kelgusidagi faoliyati davomida «bank va mijoz» uzviy zanjirining ravnaqi yoʼlida xizmat qiladi. Markaz zamonaviy kommunikatsiya vositalari hamda mebellar bilan jihozlangan. Bu yerda 6 nafar malakali bank xodimlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga bank va konsalting xizmatlari koʼrsatiladi. Hisob raqam ochish, kredit olish uchun ariza berish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi toʼlovlar hamda xalqaro pul oʼtkazmalari xizmatlari shular jumlasidandir. Markaz 24/7 rejimida faoliyat koʼrsatuvchi zamonaviy bankomatlar bilan jihozlangan. Bu hudud aholisiga plastik kartalaridagi mablagʼlarini naqdlashtirishi, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, internet xizmati uchun toʼlovlarni amalga oshirishlariga qulay sharoit yaratadi. – Yangi binoda ish boshlagan xizmat koʼrsatish markazimizda mijozlarga yuqori sifatli xizmat koʼrsatish uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi АTB «Mikrokreditbank Urgut filiali» boshqaruvchisi Аkmal Аbdullaev. – Mijozlarning xohish-istaklari asosida sifatli xizmat koʼrsatish va shu orqali faoliyatimizni yanada takomillashtirish asosiy maqsadimiz ekanligini inobatga olsak, «Mikrokreditbank» АTBning ravnaqi yoʼlida hamisha kamarbastamiz.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi

13.08.2025

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi



Orphus tizimi