Mikrokreditbank ustav kapitali 400,0 mlrd so’mga ortdi

29.06.2021
29.06.2021  Mikrokreditbank Oʻzbekiston moliya bozorida oʻz mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida 2021-yilda koʻrsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarishda innovatsion yangilanishlarga jadallik bilan kirishdi. Yaʼni bank oʻz-oʻzini yangilab, transformatsiyani izchillik bilan amaliyotga tatbiq etmoqda. Bu kabi oʻzgarishlar samarasi Mikrokreditbank ustav kapitali oʻsishida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2021 yil 27 martdagi PQ-5041-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitalini oshirish uchun qo’shimcha mablag’ yo’naltirildi.  Jumladan, bank ustav kapitali qoʻshimcha 400,0 mlrd. so’mga ortdi. Natijada bank ustav kapitali miqdori 1 641 728 456 172 soʼmdan 2 041 728 455 952 soʼmga yetkazildi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi