JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

“Mikrokreditbank” va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi

29.04.2021
29.04.2021   Joriy yilning 28-aprel kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi hamda “Mikrokreditbank” АTB vakillari oʼrtasida istiqboldagi masalalarga bagʼishlangan uchrashuv boʼlib oʼtdi.     Ushbu uchrashuvda, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Sharqiy va Oʼrta Osiyo hamda Kavkaz hududlari boʼyicha departament direktori oʼrinbosari - Misima Kenji, konsultanti – Mori Shinichi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Oʼzbekistondagi ofisi koordinatori – Sharifzoda Sharipovlar ishtirok etishdi.     Mazkur uchrashuv davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi hamda “Mikrokreditbank” АTB oʼrtasida “Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (Faza II)” loyihasi istiqbollari muhokama qilindi.       Shuningdek, ushbu yangi loyiha doirasida quyidagi asosiy maqsadlarni amalga oshirish rejalashtirildi:      • Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish orqali qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining eksportini oshirish;    • Kambagʼallikni hamda ishsizlikni qishloq xoʼjaligi sektorida qisqartirish;   • Kichik fermer xoʼjaliklari va dehqon xoʼjaliklariga moliyaviy xizmatlar koʼrsatishni taʼminlash.       Ma'lumot o‘rnida, bugunga qadar "Mikrokreditbank" ATB tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining “Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” kredit liniyasining 27,1 mln. АQSh dollari miqdoridagi mablagʼlar jalb qilingan.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

26.12.2025

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

25.12.2025

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq

25.12.2025

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq



Orphus tizimi