Mikrokreditbankdan qulay shartlardagi Ipoteka krediti

05.03.2020
5.03.2020 Inson uchun eng qadrli maskan – bu uning uyi. O`zingizning shinam, qulay hamda zamonaviy uyingizga ega bo`lish vaqti keldi. “Mikrokreditbank” Sizga bu borada yordam berishga tayyor Kredit muddati – imtiyozli davrsiz 15 yilgacha; Kredit foizi –  Toshkent shahrida yillik 21%, viloyatlarda yillik 20% dan taklif etadi; Kredit toʼlov usuli – annuitet usulida (teng miqdorlarda) Qishloq joylarda - kvartira qiymatining kamida 10 foiz, shahar joylarda - kvartira qiymatining kamida 20 foiz miqdoridagi boshlangʼich badal mablagʼlari fuqarolar tomonidan shakllantirilishi shart.  Ipoteka krediti oluvchilarga quyidagi talablar qoʼyiladi: - ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 50 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi; - ipoteka krediti boʼyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʼlov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega boʼlgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʼjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega boʼlishi; Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati: pasport nusxasi (yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat); qarzdor va hamkor qarzdorlarning moliyaviy holatini tasdiqlovchi hujjatlar (daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oylik ma’lumotnoma); dastlabki oldi sotdi shartnomasi; hududiy komissiyaning xonadon talabgor fuqaroga biriktirilganligi haqidagi bayonnomasidan ko‘chirma (Ko‘p qavatli arzon uylardagi xonadonlar uchun).      Eslatma! Kredit faqat birlamchi bozordagi xonadonlar xaridi uchun taqdim etiladi! 
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi



Orphus tizimi